Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 77 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


O’ZBEKISTON TUMANIDA IJTIMOIY SOHA OB'EKTLARIDAGI ISITISH TIZIMLARINI KUZ-QISH MAVSUMIDA BARQAROR ISHLASHINI TA'MINLASH BO’YICHA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK ASOSIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI TAHLIL QILINDI

×

 2023-08-26 20:15:10    906

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijtimoiy soha ob'ektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish to’g’risida”gi qarori talablaridan kelib chiqib, Farg’ona viloyatida ham tizimli ishlar olib borilmoqda. Bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari hamrohligida O’zbekiston tumanida bo’lib, ushbu yo’nalishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishdi.

Shahar va tumanlar hokimlari, cektorlari rahbarlari qatnashgan tadbirda O’zbekiston tumani hokimligi va xususiy sherik “Fergana Avtomat Raschot” MChJ o’rtasida tuzilgan bitim loyihasi to’g’risida ma'lumot berildi.

Xususiy sherikka ijtimoiy soha ob'ektlaridagi mavjud soz holatida bo’lgan isitish qozonlaridan foydalanish, birinchi bosqichda eski va samarasiz qozonlarni almashtirish hamda keyingi bosqichlarda loyiha davomida qolgan qozonlarni almashtirish huquqi berilgan bo’lib, shundan kelib chiqqan holda tumandagi 153 ta muassasalarning isitilishi, ularga o’rnatiladigan qozonlar, yengil tipdagi qozonxonalar qurilishi jarayonlari haqida to’xtalib o’tildi. Erishiladigan ijobiy natijalar, samaradorlik ko’rsatkichlari tushuntirildi.

Shahar va tumanlar hokimlari ijtimoiy soha ob'ektlarining isitish tizimlari to’laqonli faoliyat ko’rsatishi uchun mas'ul va shaxsiy javobgar etib ko’rsatilgan Prezident qaroriga ko’ra, xususiy sheriklar tomonidan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq ijtimoiy soha ob'ektlarining ichki qismlarida davlat-xususiy sheriklik to’g’risidagi bitimning amal qilish muddati davomida issiqlik haroratini lozim darajada ta'minlash, isitish uchun me'yor bo’yicha talab etiladigan ko’mir va elektr energiyasi xarajatlarini kamida 20 foizga va issiqlik energiyasi yo’qotishlarini 30 foizga kamaytirish, ijtimoiy soha ob'ektlarida O’zbekiston Respublikasida kamida bir yil sinovdan muvaffaqiyatli o’tgan va xizmat qilish kafolati kamida 15 yilni tashkil qiladigan qozonlarni o’rnatish, o’rnatiladigan isitish qozonlarining sifatini kafolatlash va muddatidan oldin yaroqsiz holatga kelgan isitish qozonlarini o’z mablag’lari hisobidan yangilash kabi talablar qo’yilgan.

Shundan kelib chiqqan holda viloyat hokimi O’zbekiston tumanida olib borilayotgan ishlar misolida ijtimoiy soha ob'ektlaridagi isitish tizimlarining kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta'minlash, sohaga xususiy investitsiyalarni keng jalb qilish yuzasidan hudud rahbarlariga tegishli topshiriq va ko’rsatmalar berdi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram