Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONADA YANGI O’QUV YILI OLDIDAN 5 TA YANGI TALABALAR TURAR JOYLARI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
2023-09-02 23:00:49 856
Bugun yangi o’quv yili oldidan viloyatimiz oliy o’quv yurtlarida qurib bitkazilgan – TATU Farg’ona filialida 400 o’rinli, Farg’ona davlat universitetida 3 ta jami 1154 o’rinli va Farg’ona politexnika institutida 520 o’rinli talabalar turar joylarini foydalanishga topshirish marosimlari bo’lib o’tdi. Tadbirlarda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari, oliygohlar o’qituvchi va talabalari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida barpo etilgan talabalar turar joylarining ochilish tadbirlarida Muhtaram Prezidentimiz tomonidan oliy ta'lim tizimini rivojlantirish masalasiga berilayotgan alohida e'tibor natijasida oliygohlar soni oshib borayotgani, viloyatimizda ham oliy ta'lim muassasalari soni 13 taga yetgani, bu esa oliy ta'lim muassasalari o’rtasida sog’lom raqobat muhitini shakllantirib, malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirishga xizmat qilayotganiga e'tibor qaratildi.
Davlatimiz rahbarining “Najot – ta'limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda” degan so’zlarini iqtibos qilib keltirgan viloyat hokimi, mustaqilligimizni mustahkamlash, yurtimiz qudratini oshirishda eng muhim omillar bu – yoshlarimizga yuqori sifatli ta'lim olishlari uchun barcha sharoitlarni yaratish hamda ular ongiga milliy qadriyatlarimizni singdirish ekanini qayd etdi.
Yangi o’quv yiliga Farg’ona davlat universitetida 3 ta, Farg’ona politexnika instituti, Qo’qon davlat pedagogika instituti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filialida bittadan yangi binolar davlat-xususiy sheriklik shartlari bilan qurib bitkazilgani qayd etildi. Yotoqxonalarda talabalar uchun axborot-resurs markazi, ma'naviyat xonalari hamda shinam oshxonalar, kerakli barcha qulayliklar yaratilgani ta'kidlandi.
Tadbir davomida 4,5 mingga yaqin talaba tahsil olayotgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filialida qariyb 23,7 mlrd. so’m mablag’ evaziga barpo etilgan 400 o’rinli yotoqxona ramziy kalitlari topshirilib, yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.
Keyingi manzilda Farg’ona davlat universitetining “Marg’ilon binokor ta'mir qurilish” MChJ tomonidan DXSh asosida 59 mlrd. so’m mablag’ sarflanib bunyod etilgan 804 o’rinli 2 ta talabalar turar joyi ham foydalanishga topshirildi. Shuningdek, universitetning byudjetdan tashqari 12,9 mlrd. so’m mablag’i hisobiga qo’shimcha barpo etilgan 1 ta 350 o’rinli yotoqxona binosida ham tantanali ochilish marosimi o’tkazildi.
Farg’ona politexnika institutida 520 o’rinli talabalar turar joyi ramziy kaliti ham o’z egalariga topshirildi. Mazkur binoga 25 mlrd. so’m mablag’ sarflangani ma'lum qilindi.
Ma'lumot o’rnida, Davlatimiz rahbarining topshiriqlari bilan viloyatimizdagi 7 ta oliy ta'lim muassasalari uchun 2022-2025 yillarda 20 ta 8 000 o’rinli yotoqxona qurilishi belgilangan bo’lib, ayni paytda tizimli ishlar olib borilmoqda. Joriy o’quv yili davomida yana 4 ta oliy o’quv yurtlarida 5 ta 2010 o’rinli talabalar turar joylari qurib bitkaziladi. Shuningdek, 2024-2025 yillarda yana 8 ta yotoqxona barpo etiladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram