Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 114 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


RISHTONLIK YOSH KULOLLAR BIR MANZILDA JAMLANDI: TUMANDA UCHINCHI “HUNARMANDLAR MARKAZI” ISH BOSHLADI

×

 2023-09-02 23:21:03    331

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Rishton tumanida bo’lib, “Qalaynav" MFYda barpo etilgan “Hunarmandlar markazi”ning tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.

Prezidentimizning 2021 yil 23 martdagi “Kulolchilikni jadal rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-5033-son qarori ijrosi doirasida barpo etilgan ushbu majmua Rishton tumanida qurib bitkazilgan uchinchi Hunarmandlar markazi bo’ldi. So’nggi yilda tumanda ikkita Kulolchilik mahallasi tashkil etilgani ham bu tuman iqtisodiyotining drayveri bo’lgan bu sohaning ko’lami yanada kengayishiga xizmat qiladi.

Ochilish tadbirida so’z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tumanda kulolchilik sohasi jadal rivojlanib borayotganini qayd etib, kulolchilik mahsulotlarining ulgurji bozorini tashkil etish payti kelganiga e'tibor qaratdi. Shuningdek, tashkil etilayotgan Hunarmandlar markazlari faqat turistlarnigina emas, balki mahalliy aholini, keng iste'molchilar ommasini ham o’ziga doimiy jalb etadigan maskanga aylanishi lozimligini ta'kidladi.

Bugun foydalanishga topshirilgan, rishtonlik mashhur kulollarning yettinchi avlodi Ibrohimjon Komilov nomi bilan ataluvchi 2 qavatli markaz 0,8 gektar maydonda qad rostladi. Loyiha qiymati 2,4 mlrd. so’mni tashkil etib, manzilda 16 ta xonadon joylashgan. “O’zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan 20 yillik imtiyozli kreditlar ajratilib, binolar o’z egalariga topshirilgan. E'tiborlisi, hunarmandlarning asosiy qismi 30 yoshgacha bo’lgan yosh kulollar bo’lib, ularning qariyb 130 nafardan ziyod shogirdlari bor.

Avvallari uy sharoitida mehnat qilgan kulollarga endilikda barcha qulayliklar yaratilgan. Uylarning birinchi qavatida ustaxona va savdo do’koni joylashgan, ikkinchi qavatida esa hunarmandlar oilasi yashaydi.

Tantanali ochilish tadbiridan so’ng ishtirokchilar bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.

Rishtonlik mashhur kulol Ibrohimjon Komilovning farzandi Ismoiljon Komilov viloyat rahbari bilan muloqotda ko’rsatilayotgan e'tibor va kulolchilikni rivojlantirish uchun yaratilayotgan qulayliklardan mamnun ekanligini aytib, Davlatimiz rahbariga o’z minnatdorchiligini bildirdi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram