Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 108 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA QATAG’ON QURBONLARI AVLODLARI OILALARI HOLIDAN XABAR OLINDI

×

 2023-09-02 23:36:24    974

PDF yuklash
Chop etish


O’tgan kuni Toshkentdagi Shahidlar xotirasi xiyobonida bo’lib o’tgan qatag’on qurbonlarini yod etish marosimida Davlatimiz rahbari qatag’on qurbonlari yashagan mahallalarda ularning nomlari, faoliyatini muhrlab qo’yish zarurligini ta'kidlab, bayramlarda, xotira kunlarida xonadonlarini ziyorat qilish kerakligini qayd etgandi.

Ushbu ko’rsatmadan kelib chiqib, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Marg’ilon va Farg’ona shaharlaridagi qator qatag’on qurbonlari avlodlari oilalari holidan xabar oldi. Prezidentimizning bayram qutlovlarini yetkazdi. Oilalar vakillari Davlatimiz rahbari tomonidan ko’rsatilayotgan bunday e'tibor va g’amxo’rlik uchun o’z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Dastlab Marg’ilon shahar Toshkesar MFYda 1939 yilda Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat kabi mashhur o’zbek shoir va yozuvchilarining do’sti, “hamtovog’i” sifatida qamoqqa olingan va qatag’on qilingan Jamolxon Saidjonovning nevarasi Jahongirxon Jahonov xonadoniga borildi. Viloyat rahbariga “Nuroniy” jamg’armasi viloyat bo’limi raisi Zokirjon Rahmonov hamrohlik qildi.

Qatag’on davrida hayotining katta qismini qamoqda o’tkazib qaytgach, 2 o’g’il va bir qizni kamolga yetkazgan, xalq ta'limi yo’nalishida va xalq xo’jaligi tarmoqlarida uzoq yillar samarali mehnat qilib, el-yurt xizmatida bo’lgan Jamolxon Saidjonov hayoti va faoliyati haqida uning nabiralari so’zlab berdilar.

Farg’ona shahar Beshbola MFYda yashab o’tgan qatag’on qurbonlaridan biri Rahmat Mamajonovning yaqinlari ham mehmonlarni hursandchilik bilan qarshi oldilar. Rahmat Mamajonov 1902 yilda tug’ilgan bo’lib, 1937 yilda qatag’on qilinadi. 1989 yilda esa unga qo’yilgan ayblov olib tashlanib, oqlanadi. U boshidan o’tkazgan og’ir kunlarga qaramay o’z she'rlari, bilimi bilan adabiyot va san'at, fan va ta'lim rivojiga munosib hissa qo’shib kelgani farzandlari bilan suhbatda aytib o’tildi.

1905 yilda tug’ilib, Farg’ona shahrida yashab o’tgan, 1937 yilda “xalq dushmani” sifatida ayblanib, Rossiyaning sovuq o’lkalariga surgun qilingan Tojixon Shodiyeva haqida uning tutingan farzandi Mamlakat Yoqubova aytib bergan voqealar ham o’sha davrlarning nohaqliklarini, qiyinchiliklarini ifoda etdi. 1961 yilda oqlanganidan keyin ham Tojixon Shodiyeva o’z g’ayrati va shijoatini so’ndirmaydi va xalq xo’jaligida rahbarlik lavozimlarida faol mehnat qiladi. El-yurt hurmatini qozonadi.

Viloyat rahbari Tojixon Shodiyeva kabi fidoyi va jonkuyar yurt farzandlari, qatag’on qurbonlari hayoti va faoliyatini chuqurroq o’rganib, ularni yoshlarga ibrat va namuna qilib ko’rsatish ishlarini yanada kuchaytirish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Xonadon egalari bilan bo’lgan samimiy muloqotlarda mustabid tuzum davrida qatag’on qilingan ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, Vatanimiz ozodligi va erkinligi yo’lida qurbon bo’lgan xalqimizning suyukli farzandlari nomini tiklash, ularning faoliyati va merosini o’rganish hamda targ’ib etish haqida so’z bordi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram