Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 194 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA VILOYATI VA XITOYNING SICHUAN PROVINTSIYASI O’RTASIDA HAMKORLIK ALOQALARI O’RNATILDI

×

 2023-09-12 15:53:43    714

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg’ona viloyati delegatsiyasi hududlararo investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, ijtimoiy sohalardagi hamkorlik aloqalarini kengaytirishni ko’zda tutgan amaliy tashrif bilan Xitoyda bo’lib qaytdi.

5 sentyabr kuni boshlangan tashrifning ilk kunida viloyat rasmiylari hamda turli sohalarda faoliyat yurituvchi tadbirkorlar, viloyatimizdagi yirik kompaniyalar rahbarlaridan iborat Farg’ona viloyati delegatsiyasi Sichuan provintsiyasiga bo’ldi.

Dunyoning eng yirik quyosh panellari ishlab chiqaruvchi kompaniyalaridan biri – “Tongwei Solar”ning Tszintan bazasida bo’lib muqobil energiyalar ishlab chiqarishdagi innovatsiyalar bilan tanishdilar, quyosh panellari ishlab chiqarish jarayonlarini ko’zdan kechirdilar.

Viloyat delegatsiyasi shuningdek, Tianfu Agriculture Expo Park qishloq xo’jaligi ko’rgazmasi parkida bo’lib, qishloq xo’jaligi sohasida Xitoyda joriy etilayotgan eng so’nggi texnologiyalar bilan ham tanishdilar. Xususan, quyosh panellari ostida joylashtirilgan innovatsion baliqchilik fermasi, tomchilab sug’orish bilan sholi yetishtirish texnologiyasi kabi jihatlar alohida o’rganib chiqildi.

Viloyatimiz delegatsiyasi Chendu iqtisodiy va texnologik rivojlanish zonasida 650 gektar maydonda joylashgan Volvo Cars elektromobillar ishlab chiqarish korxonasida ham bo’lib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

Chendu sanoat va tijorat federatsiyasida bo’lib o’tgan muzokaralar yakunida Chenduda “Farg’ona investitsiya va savdo markazi”, Farg’onada “Chendu tadbirkorlari markazi”ni tashkil etishga kelishildi.

“Zhiyuanhui information technology Ltd.” kompaniyasiga tashrif chog’ida sun'iy intellekt texnologiyalarini qo’llashda boshqaruv tajribasi ko’zdan kechirildi. Farg’ona viloyati hokimligi hamda “Zhiyuanhui information technology Ltd.” o’rtasida viloyatimizda aqlli texnologiyalarni joriy etish bo’yicha hamkorlik kelishuvi imzolandi.

92 milliondan ziyod aholi yashovchi hamda yillik yalpi hududiy mahsuloti hajmi 756 mlrd. dollarga teng bo’lgan, hududida dunyoning eng yirik 500 ta xalqaro kompaniyasidan 300 tasi o’z faoliyatini yo’lga qo’ygan Sichuan provintsiyasining gubernatori Xuan Tsyan bilan o’tkazilgan uchrashuv chog’ida Farg’ona viloyati va Sichuan o’rtasida keng ko’lamli hududlararo hamkorlikni yo’lga qo’yish masalalari muhokama qilindi. Savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va strategik hamkorlik darajasiga olib chiqish, xalqaro global kompaniyalarni Farg’ona viloyatiga jalb etishda Sichuan tajribasidan foydalanish, Farg’ona va Chendu shaharlari o’rtasida to’g’ridan to’g’ri aviaqatnovlarni yo’lga qo’yish, qayta tiklanuvchi energetika sohasida hamkorlik qilish, 100 dan ziyod oliygoh mavjud bo’lgan ushbu provintsiya bilan ta'lim sohasida qo’shma dasturlarni amalga oshirish, “Qo’qon” EIZ hamda Sichuandagi iqtisodiy zonalar hamkorligini yo’lga qo’yish kabi masalalarda ish tashkil etishga kelishib olindi. Ikki hudud o’rtasida aloqalarni izchil rivojlantirish uchun o’zaro ishchi guruh tarkibi belgilandi, erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish yuzasidan “Yo’l xaritasi” ishlab chiqiladigan bo’ldi.

Sichuan provintsiyasi markazi – Chendu shahri meri Van Fenchao bilan o’tkazilgan muzokaralar ham samarali bo’ldi. Xitoyning iqtisodiy eng rivojlangan shaharlaridan biri bo’lgan, 24 million aholi yashovchi hamda yillik yalpi hududiy mahsuloti hajmi 257 mlrd. dollarga teng bo’lgan Chendu shahri hamda Farg’ona viloyati o’rtasida do’stlik va hamkorlik aloqalarini o’rnatish bo’yicha memorandum imzolandi.






























Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram