Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 90 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


XITOYNING CHENDU SHAHRIDA FARG’ONA VILOYATI VA SICHUAN PROVINTSIYASI INVESTITSIYALAR, SANOAT VA SAVDO HAMKORLIGI FORUMI BO’LIB O’TDI

×

 2023-09-12 16:20:35    651

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg’ona viloyati delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasiga amaliy tashrifi davomida Chendu shahrida Farg’ona viloyati va Sichuan provintsiyasi investitsiyalar, sanoat va savdo hamkorligi Forumi bo’lib o’tdi.

100 nafarga yaqin xitoylik ishbilarmonlar, investorlar hamda Farg’ona viloyati rasmiylari, viloyatimizdagi yirik kompaniyalar rahbarlari ishtirokida o’tkazilgan Forumda so’z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpinning muntazam uchrashuvlari va siyosiy irodasi tufayli O’zbekiston – Xitoy o’rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlari sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarilganini, bugungi kunda Xitoy yurtimizning eng yirik savdo sherigiga aylanganini ta'kidladi.

Hozirda viloyatimizda Xitoy kapitali ishtirokida jami 138 ta korxona faoliyat olib borayotganini, 2022 yilda 375,1 mln. dollar Xitoy sarmoyasi jalb etilganini, bugungi kunda Xitoy bilan hamkorlikda 25 ta loyiha doirasida qiymati 1 mlrd. 224 mln. dollarlik investitsiya kiritish bo’yicha amaliy ishlar olib borilayotganini qayd etgan viloyat hokimi, bo’lib o’tayotgan Forumning yangi hamkorlik ko’lami yo’nalishlarini belgilab olishda muhim ahamiyat kasb etishiga e'tibor qaratdi.

Viloyat hokimining o’rinbosari – viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig’i Iqboljon Ergashev tomonidan Farg’ona viloyati iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan ishlar, o’sish sur'atlari va viloyatning investitsion, eksport salohiyati haqida taqdimot amalga oshirildi.

Forum davomida B2B va G2B formatida muzokaralar o’tkazilib, o’zaro manfaatli hamkorlik bo’yicha erishilgan kelishuvlar doirasidagi savdo-investitsion loyihalarni amalga oshirish bo’yicha ish tashkil etish belgilab olindi.































Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram