Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 99 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA VILOYATI VA XITOYNING FUTSZYAN PROVINTSIYASI O’RTASIDA KO’P TOMONLAMA HUDUDLARARO HAMKORLIKKA ASOS SOLINDI

×

 2023-09-12 16:49:54    459

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg’ona viloyati delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasiga amaliy tashrifi davomida Futszyan provintsiyasida bo’ldi.

Futszyan provintsiyasi gubernatori Chjao Lun boshchiligidagi Futszyan rasmiylari bilan keng doirada o’tkazilgan muzokaralarda ikki hudud o’rtasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Savdo-iqtisodiy, investitsion hamkorlikni rivojlantirish, madaniy-gumanitar, turizm sohalardagi aloqalarni kengaytirish masalalarida fikr almashildi, Farg’ona shahri va Futszyan provintsiyasi markazi – Syamen shahri o’rtasida to’g’ridan to’g’ri aviaqatnovlarni yo’lga qo’yish borasida ish tashkil etishga kelishib olindi.

Farg’ona viloyati va Futszyan provintsiyasi o’rtasida do’stlik va hamkorlik aloqalarini o’rnatish bo’yicha memorandum imzolandi.

Ikki hudud o’rtasida aloqalarni izchil rivojlantirish uchun hududlar rahbarlarining o’rinbosarlari hamraisligida ishchi guruh tarkibi belgilandi, erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish yuzasidan “Yo’l xaritasi” ishlab chiqiladigan bo’ldi.

Farg’ona viloyati delegatsiyasi vakillari, eng so’nggi aqlli texnologiyalar joriy etilgan Meiya Pico kriminalistik laboratoriyasi faoliyati bilan ham tanishdilar.

Viloyat hokimi boshchiligida “Xiamen ITG Group” kompaniyasida o’tkazilgan muzokaralar natijasida ushbu kompaniya bilan qator istiqbolli loyihalarni hamkorlikda amalga oshirishga kelishib olindi.

Farg’ona viloyati delegatsiyasi Syamen shahrida bo’lib o’tgan X “Markaziy Osiyo-Xitoy hamkorligi” forumida ham ishtirok etdi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram