
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
VILOYAT HOKIMI XAYRULLO BOZOROV XITOYNING YIRIK KOMPANIYALARIDA HAMDA ISHLAB CHIQARISH KORXONALARIDA BO’LIB, HAMKORLIK ISTIQBOLLARINI MUHOKAMA QILDI

2023-09-12 17:21:57 401
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoy Xalq Respublikasiga bo’lib o’tgan amaliy tashrif davomida Xitoyning qator yirik kompaniyalari hamda ishlab chiqarish korxonalarida bo’lib, viloyatimiz bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.
Xitoyning “Jianhua Ceramics” kompaniyasi tomonidan “Qo’qon” EIZ hududida qiymati 25 mln. dollar investitsiya hisobiga yuqori sifatli va turli o’lchovdagi kafellar ishlab chiqarish yo’lga qo’yilmoqda. Viloyat rahbari ushbu kompaniyaning ishlab chiqarish jarayonlari, qo’llanilayotgan texnologiyalar hamda mahsulot sifati bilan joyida tanishdi.
“Qo’qon” EIZ hududida gipsokarton ishlab chiqarish bo’yicha yirik loyihani yaqinda ishga tushirgan “BNBM” kompaniyasiga tashrif va kompaniya rahbari bilan muloqot chog’ida viloyatimizda yuqori sifatli qurilish va sanoat bo’yoqlari hamda izolyatsiya mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalariga investitsiyalar kiritish bo’yicha kelishib olindi.
“China Huadian Engineering” kompaniyasiga tashrif chog’ida Farg’ona tumanida quvvati 150 MVtlik fotoelektrik stantsiyani qurish loyihasi muhokama qilindi. Ushbu loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, keyingi bosqichda viloyatimiz hududida “Farg’onaAzot” kabi korxonalarda dioksid uglerodini havoga chiqarib yuborilishini oldini olish, vodorod energiyasi ishlab chiqarish, shuningdek, chiqindini qayta ishlab energiyalar ishlab chiqarish loyihalarini ham amalga oshirilishiga kelishildi.
“DongFeng Special Car Sompany” bilan 2 ta bosqichda Furqat tumanida yillik quvvati 1000 dona, qiymati 100 mln. dollar bo’lgan elektrobuslar ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirishga kirishilmoqda. Ushbu kompaniyaning ishlab chiqarish korxonasini borib ko’rgan viloyat hokimi, ishlab chiqarish jarayonlari hamda turli elektrobus modellarning sifatini joyida ko’zdan kechirdi.
Bu loyiha ortidan qiymati 50 mln. dollarlik elektromobillarni quvvatlash uskunalarini ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish uchun “Tunghsu Group” kompaniyasi, qiymati 30 mln. dollarlik “Dongfeng” elektrobuslariga akkumulyatorlar ishlab chiqarish loyihasi bilan “Jiangxi Anchi New Energy Technology Co. Ltd” kompaniyalari Farg’ona viloyatiga kirib kelmoqda.










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram