Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONA VILOYATI DELEGATSIYASINING XITOYGA AMALIY TASHRIFI DAVOMIDA JAMI 32 TA, SHUNDAN UMUMIY QIYMATI 1,37 MLRD. DOLLAR BO’LGAN 29 TA INVESTITSIYAVIY KELISHUV VA SAVDO SHARTNOMALARI IMZOLANDI
2023-09-12 17:54:38 1227
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg’ona viloyati delegatsiyasi hududlararo investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, ijtimoiy sohalardagi hamkorlik aloqalarini kengaytirishni ko’zda tutgan Xitoyga amaliy tashrifi davomida jami 32 ta, shundan umumiy qiymati 1,37 mlrd. dollar bo’lgan 29 ta investitsiyaviy kelishuv va savdo shartnomalari imzolandi.
Chendu shahrida 95 nafar xitoylik investor ishtirokida tashkillangan Farg’ona viloyati va Sichuan provintsiyasi investitsiyalar, sanoat va savdo hamkorligi Forumi, Syamen shahrida bo’lib o’tgan X “Markaziy Osiyo-Xitoy hamkorligi” forumi doirasida 60 nafar xitoylik ishbilarmonlar ishtirokida o’tkazilgan panel sessiya, shuningdek, Pekin shahrida O’zbekistonning Xitoydagi elchixonasida 28 ta, Guanjou shahrida 18 ta yirik kompaniyalar vakillari bilan o’tkazilgan G2B va B2B formatidagi biznes uchrashuvlar natijasida imzolangan ushbu hujjatlar Farg’ona viloyati va Xitoy o’rtasida hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqishi shubhasiz.
“China Power International”, “CAMC Engineering Co.”, “Shaanxi Xiangsheng Industrial Group”, “China Huadian Engineering Company” bilan Beshariq va Farg’ona tumanlarida fotoelektrik stantsiyalar qurish uchun umumiy qiymati 1,0 mlrd. dollar bo’lgan 4 ta loyiha bo’yicha hujjat imzolandi.
Sanoat sohasida misdan tayyor mahsulot, qishloq xo’jaligi texnikasi, bolalar tagliklari, kafel, keramogranit, temir profillar ishlab chiqarish kabi yo’nalishlarda umumiy qiymati 112 mln. dollar bo’lgan 7 ta loyiha doirasida kelishuvlar imzolandi. Bunda “Jianhua Ceramics” kompaniyasi tomonidan “Qo’qon” EIZ hududida amalga oshiriladigan qiymati 25 mln. dollarlik yuqori sifatli va turli o’lchovdagi kafellar ishlab chiqarish loyihasini alohida qayd etish lozim.
Charm-poyabzal va mebelsozlik bo’yicha umumiy qiymati 26 mln. dollar bo’lgan 7 ta, shu jumladan, Foshan shahar mebelchilar uyushmasiga a'zo korxonalar tomonidan Toshloq tumanida loyiha qiymati 10 mln. dollar bo’lgan mebel ishlab chiqarish korxonasi va shourum qurish bo’yicha hujjatlar imzolandi.
“DongFeng Special Car Sompany” bilan imzolangan kelishuv bo’yicha Furqat tumanida 2 bosqichda yillik quvvati 1000 dona, qiymati 100 mln. dollarlik elektrobuslar ishlab chiqarish loyihasi amalga oshiriladi. Bu loyiha ortidan qiymati 50 mln. dollarlik elektromobillarni quvvatlash uskunalarini ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish uchun “Tunghsu Group” kompaniyasi, qiymati 30 mln. dollarlik “Dongfeng” elektrobuslariga akkumulyatorlar ishlab chiqarish loyihasi bilan “Jiangxi Anchi New Energy Technology Co. Ltd” kompaniyalari Farg’ona viloyatiga kirib kelmoqda.
Bag’doddagi “White Chicken House” MChJ va Xitoyning “China Broken Shield Ltd” kompaniyalari o’rtasida parranda go’shtlari va ikkilamchi qismlarini Xitoyga eksportini yo’lga qo’yish uchun investitsiya kiritish (5 mln. dollar), mavjud ob'ektni moslashtirish bo’yicha kelishuvga erishildi.
Yuqoridagilardan tashqari, sun'iy baliq havzalariga intensiv texnologiyani qo’llab hosildorlikni oshirish, hamda baliqchilik xovuzlari ustiga quyosh panellari o’rnatish bo’yicha “Taijia Industry (Shenzhen) Co., Ltd” kompaniyasi bilan muzokaralar olib borildi. Kompaniya rahbari boshchiligida investorlar guruhi kelgusi oylarda Farg’ona viloyatiga kelib o’rganish ishlarini boshlaydi.
Viloyatdagi ijtimoiy muassasalarni qurish yoki kapital rekonstruktsiya qilish hamda “Kampirobod” suv omboridan Farg’ona shahriga toza ichimlik suvi tortish loyihalari borasida Xitoyning “SINOMASH” xoldingi bilan dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Ushbu loyihalarga Xitoy moliya muassasalari tomonidan kamida 20 yil muddatga 300 mln. dollargacha miqdorda yoki ekvalentida dollarda yillik 3 foizgacha bo’lgan kredit ajratish bo’yicha dastlabki kelishuvga erishildi.
Delegatsiya tomonidan “Zhiyuanhui Information Technology Inc.” kompaniyasi bilan Farg’ona shahrida “aqlli shahar” tizimi asosida raqamlashtirish yuzasidan dastlabki kelishuvlarga erishildi. Xitoy tomoni bu loyihani 2 ta MFY hududida sinov tariqasida beg’araz amalga oshirib berishi bildirilmoqda.
Pekin shahridagi eng yirik meva-sabzavot savdo kompleksi bo’lgan Sinfadi rahbariyati bilan Farg’ona viloyatida yetishtiriladigan meva va sabzavot mahsulotlarini to’g’ridan to’g’ri eksport qilish bo’yicha muzokaralar olib borilib, dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Tashrif davomida kelishuvga erishilgan 12 ta kompaniya rahbariyatining joriy yil sentyabr-oktyabr oylarida Farg’ona shahriga yetib borishi rejalashtirildi.
Farg’ona viloyati delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifini yakunlab Farg’onaga qaytib keldi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram