Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONADA “VATAN OSTONASI” SHIORI OSTIDA MA'NAVIY-MA'RIFIY UCHRASHUVLAR O’TKAZILDI
2023-09-13 10:52:15 353
Viloyatimizning chegaraoldi hududi - Farg’ona va Beshariq tumanida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi hamda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo’shinlari hamkorligida “Vatan ostonasi” shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar bo’lib o’tdi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo’mondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 13 yanvar kuni bo’lib o’tgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig’ilishida harbiy xizmatchilarning ahloqiy-ruhiy va jangovar tayyorgarligini kuchaytirish, yoshlarda vatanparvarlik tuyg’usini yuksaltirish bo’yicha tavsiyalar berilgan edi. Mazkur tadbirlar shu maqsadda tashkil etildi.
Farg’ona tumanidagi “Gulpiyon” mahalla fuqarolar yig’inida tashkil etilgan tadbirda hamkor tashkilotlar vakillari, “Ma'rifat” targ’ibotchilar jamiyati a'zolari, teatr aktyorlari, shoir va yozuvchilar, olimlar va san'atkorlar mahalla ahli, harbiylarning oila-a'zolari va yoshlar bilan uchrashdi. Bu yerda samimiy suhbat va qiziqarli savol-javoblar diltortar kuy-qo’shiq, raqslarga ulanib ketdi.
Sarhadlarimiz posbonlari tomonidan tashkil etilgan qurol-aslahalar va harbiy texnikalar ko’rgazmasi, shuningdek, shijoatli harbiylar bajargan qo’l jangi usullarining namoyishi hech kimni befarq qoldirmadi. “Xalq va armiya – bir tanu bir jondir” degan ezgu tamoyil o’z natijasini berayotganligi e'tirof etildi.
“Vatan ostonasi” shiori ostidagi ma'naviy-ma'rifiy tadbir Farg’ona tumanida joylashgan chegara qo’riqlash vzvodida ham davom etdi. Bu yerda chegarachilar va ularning oila a'zolari bilan dildan suhbat qurildi. Harbiylarga kitoblar sovg’a qilindi. Yurt tinchligi, sarhadlarimiz daxlsizligi yo’lida o’z oromidan kechib, tunu kun sergaklikni yo’qotmayotgan askarlar sha'niga she'rlar aytildi. Ona Vatanni himoya qilishdek sharafli ishga bel bog’lagan harbiylar va ularning turmush o’rtoqlariga minnatdorlik bildirildi. Vzvoddagi tikuvchilik tsexi, bolalar bog’chasi faoliyati bilan tanishildi.
Ana shunday shukuhli tadbirlar Beshariq tumanida ham davom etdi. Nuroniylar shunday dorilomon kunlar uchun shukronalik bildirishdi. Targ’ibot guruhining aholi va chegarachilar bilan samimiy muloqoti barchaga manzur bo’ldi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram