Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 82 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA YANGI TAHRIRDAGI O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI MAZMUN-MOHIYATIGA BAG’ISHLANGAN O’QUV-SEMINARI BO’LIB O’TDI

×

 2023-09-13 15:30:17    334

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimligi katta majlislar zalida yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag’ishlangan o’quv-seminari tashkil etildi. Unda viloyat hokimining o’rinbosari Fayzullo Qosimov, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiali rahbari o’rinbosari Ahadjon Akbarov, Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlari doktori Eshmuhammad Qodirov hamda viloyat adliya boshqarmasi mas'ullari ishtirok etdi.

Videokonferentsaloqa shaklida o’tkazilgan seminarga viloyat, shahar va tumanlardagi davlat fuqarolik xizmatchilari va sud-huquq tizimi xodimlari jalb etilib, O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi yurtimiz taraqqiyotiga, xalqimiz farovonligiga xizmat qilishi, eng avvalo “Inson qadri uchun” g’oyasi unda ustuvor yo’nalish sifatida belgilab qo’yilganligi ta'kidlandi.

So’z olganlar tomonidan O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasida ko’rsatib o’tilgan demokratiya, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik g’oyalari haqida batafsil to’xtalib o’tildi. O’zbekistonning jahon hamjamiyati, xususan, qo’shni davlatlar bilan do’stona munosabatlarini hamkorlik, o’zaro qo’llab-quvvatlash, tinchlik va totuvlik asosida mustahkamlashga xizmat qilayotganligi qayd etildi.

Seminar yakunida ishtirokchilarga o’zlarini qiziqtirgan savollari yuzasidan tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram