Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 103 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA VILOYATI ICHKI ISHLAR BOSHQARMASI TIBBIYOT BO’LIMI QOSHIDA BARPO ETILGAN REABILITATSIYA MARKAZI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

×

 2023-09-16 16:47:02    534

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi Tibbiyot bo’limi qoshida barpo etilgan Reabilitatsiya markazi tantanali tadbir bilan foydalanishga topshirildi. Muassasaning ochilish tadbirida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari, ichki ishlar sohasi faxriylari ishtirok etdilar.

So’nggi yillarda Davlatimiz rahbarining alohida e'tiborlari natijasida respublika ichki ishlar tizimidagi tub islohotlar jarayonida vatanimiz tinchligi va xalqimizning osuda hayotini ta'minlashga mas'ul bo’lgan ichki ishlar xodimlarini va ularning oilalarini ijtimoiy himoya qilish tizimini, jumladan, malakali tibbiy xizmat ko’rsatish, xizmat va dam olish sharoitlarini yanada yaxshilash bo’yicha katta ishlar amalga oshirilayotgani, foydalanishga topshirilayotgan ushbu markaz ham ana shu e'tiborning namunasi ekanligi ochilish tadbirida alohida ta'kidlandi.

4 milliard so’m mablag’ sarflanib barpo etilgan, 20 o’ringa mo’ljallangan mazkur reabilitatsiya markazida nevrologik, pulmonologik, gastroenterologik, kardiologik, endokrinologik kasalliklar sohasida yuqori darajali tibbiy xizmat ko’rsatiladi.

Shuningdek, muassasada yuqori nafas yo’llari kasalliklari, suyak-bo’g’im kasalliklari, mushak tizimi kasalliklari, asab tizimi kasalliklarini davolashga mo’ljallangan 10 turdagi fizioterapiya jihozlari o’rnatilgan. Zamonaviy ultratovush tekshiruvi va elektrokardiografiya (EKG) apparatlari ham bemorlarga malakali xizmat ko’rsatishni ta'minlaydi.

Markaz hovlisidagi suv havzasida mutaxassis - shifokorlar ko’magida jismoniy mashqlar va tabiiy usullar orqali davolash yo’lga qo’yiladi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram