Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
QO’QONDA “AN'ANAVIY BADIIY HUNARMANDCHILIKNI SAQLASH VA RIVOJLANTIRISH SOHASIDA JAHON AMALIYOTI” MAVZUSIDA XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENTSIYA BO’LIB O’TDI
2023-09-21 16:05:06 308
Bugun Qo’qon shahrida boshlangan Ikkinchi Xalqaro hunarmandchilik festivali doirasida Qo’qon shahar musiqali drama teatrida “An'anaviy badiiy hunarmandchilikni saqlash va rivojlantirish sohasida jahon amaliyoti” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya ham bo’lib o’tdi.
Konferentsiya ishida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Prezident Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari Odil Abdurahmonov, Jahon hunarmandlar kengashi prezidenti Saad al-Qaddumiy, O’zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug’bek Abdullayev, “O’zbekiston hunarmandchiligi” kitobi muallifi, akademik Akbar Hakimov, xorijlik taniqli hunarmandlar va mutaxassislar ishtirok etdilar.
Tadbirda jahon xalq amaliy san'atini asrab-avaylash va rivojlantirish, bu bebaho boylikni kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish, bu yo’ldagi sa'y-harakat va imkoniyatlarni birlashtirish borasida so’z bordi.
Har bir xalqning milliy hunarmandchiligi o’sha xalqning o’zligini ko’rsatuvchi, ertasini belgilovchi muhim qadriyat ekanini qayd etgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Farg’ona viloyatida bu borada olib borilayotgan ishlarga to’xtalib, Davlatimiz rahbarining sohaga bo’lgan alohida e'tiborlarining amaliy natijasi sifatida o’tgan ikki yil davomida Farg’ona viloyatidagi barcha shahar va tumanlarda o’zida “usta-shogird” an'analarini mujassam etgan jami 21 ta zamonaviy “Hunarmandlar markazlari” qurib bitkazilganini, Rishton tumanida 4 ta kulolchilikka ixtisoslashgan hunarmandlar markazlari barpo etilganini, 2 ta kulolchilik mahallasi tashkil etilganini ma'lum qildi.
Festival arafasida Farg’ona viloyati hokimligi, Respublika “Hunarmand” uyushmasi, Fanlar akademiyasi “Ilm-fan targ’ibot markazi” tomonidan akademik Akbar Hakimov muallifligidagi “O’zbekiston hunarmandchiligi” fundamental kitobi tayyorlanib nashrdan chiqarildi.
Mazkur kitob amaliy san'atning 13 turini qamragan bo’lib, tarix va zamonaviylik nuqtai nazaridan hunarmandchilikning o’tmishi va rivoji batafsil yoritilgan. Bugungi konferentsiya davomida bo’lib o’tgan kitob taqdimotida ana shu o’ziga xos jihatlar haqida muallif tomonidan ma'lumot berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram