Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 76 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


QO’QONDA IKKINCHI XALQARO HUNARMANDCHILIK FESTIVALINING TANTANALI OCHILISH MAROSIMI BO’LIB O’TDI

×

 2023-09-23 14:52:16    367

PDF yuklash
Chop etish


Qo’qon shahridagi O’rda maydonida ikkinchi Xalqaro hunarmandchilik festivalining tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi. 

Tantanali tadbirda Prezident Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari Odil Abdurahmonov O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ikkinchi Xalqaro hunarmandchilik festivali ishtirokchilariga yo’llagan tabrigini o’qib eshittirdi.

“Qariyb uch ming yillik tarixga ega bo’lgan bizning jonajon Vatanimiz ham hunarmandchilik sohasidagi o’lmas an'analari, mohir usta va hunarmandlari bilan shuhrat qozonib keladi.

Ayniqsa, mana shu anjumanga mezbonlik qilayotgan go’zal Farg’ona viloyati, yurtimizning qadimiy shaharlaridan biri bo’lmish Ho’qandi latif o’zining bu boradagi betakror merosi, tarixiy maktablari bilan alohida ajralib turadi.

Biz bu o’lkada kulolchilik, ipak va abrli matolar ishlab chiqarish, yog’och o’ymakorligi, ganchkorlik va naqqoshlik san'ati, pichoqchilik, do’ppido’zlik kabi hunar turlari keng rivojlanib, milliy brend darajasiga ko’tarilgani bilan faxrlanamiz” deyiladi tabrikda.

Festival ochilish marosimida Jahon hunarmandlar kengashi prezidenti Saad al-Qaddumiy ham nutq so’zladi.

Tadbirda respublikamizning taniqli san'atkorlari hamda jamoalari ishtirokida katta kontsert dasturi ham taqdim etildi.

Tantanali marosim yorqin mushakbozlik bilan yakunlandi.





















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram