Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 70 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


RISHTONDA XALQARO KULOLCHILIK FORUMI O’Z ISHINI BOSHLADI

×

 2023-09-23 14:55:51    369

PDF yuklash
Chop etish


Qo’qonda bo’lib o’tayotgan II xalqaro hunarmandchilik festivaliga uyg’un holda Rishton tumanida tashkil etilgan Xalqaro kulolchilik forumi bugun o’z ishini boshladi.

Tumandagi "Xalqaro kulolchilik markazi"da bo’lib o’tgan Forumning tantanali ochilish tadbirida viloyat hokimining o’rinbosari Fayzullo Qosimov, O’zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug’bek Abdullayev, forumga taklif etilgan xorijlik va mahalliy kulolchilik ustalari, hunarmandlar, Turkiyaning Kutaxya shahri hamda Qirg’izistonning Rishton tumaniga chegaradosh tumanlari hokimlari, xorijiy hamda mahalliy OAV vakillari ishtirok etdilar.

Dastlab mehmonlar xorijlik va mahalliy kulollarning mahsulotlari ko’rgazmasini ko’zdan kechirdilar, o’zbek xalq san'ati va o’yinlari namoyishini tomosha qildilar. Xalqaro Kulolchilik markazidagi ikki qavatli kulollar xonadonlari, ustaxona va savdo do’konlari bilan tanishdilar.

Tadbirning ochilish marosimida so’z olgan viloyat hokimining o’rinbosari Fayzullo Qosimov, so’nggi yillarda kulolchilik Rishton tumani iqtisodiyotining asosiy drayveriga aylanganini qayd etib, rishtonlik usta kulollar va ularning shogirdlari yarayotgan chiroyli, sifatli, ekologik toza mahsulotlar bugun jahon bozorlariga chiqib borayotganini ta'kidladi. Davlatimiz rahbarining alohida e'tiborlari natijasida tumanda oxirgi ikki yilda 4 ta kulolchilikka ixtisoslashgan Hunarmandlar markazi barpo etilganini, 2 ta kulolchilik mahallasi tashkil etilganini aytib o’tgan Fayzullo Qosimov, kulolchlilik tuman kundalik hayotidan tobora mustahkam o’rin egallayotganiga e'tibor qaratdi. 

Rishtonda Xalqaro Kulolchilik forumi tumandagi “Oqer” MFY hududidagi “Chinor plyus 2020” Hunarmandchilik va turizm majmuasida “XXI asr kulolchiligi: an'analar va innovatsiyalar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bilan o’z ishini davom ettirmoqda.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram