
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
SHVEYTSARIYALIK INVESTORLAR BILAN FARG’ONA VILOYATIDA QATOR SOHALARDA INVESTITSON LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH ISTIQBOLLARI MUHOKAMA QILINDI

2023-09-23 15:10:38 318
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Pol Antuan Dakoronya boshchiligidagi shveytsariyalik sarmoyadorlarni hamda ularning mahalliy hamkorlaridan iborat delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda “yashil” energetika, yo’lsozlik, chiqindilarni qayta ishlash, qurilish, xizmatlar sohalarida viloyatimizda investitsion loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Hozirgi kunda O’zbekiston xorijiy sarmoya uchun jozibador hududga aylanib borayotganini qayd etgan Pol Antuan Dakoronya, olib borilgan o’rganishlar Farg’ona viloyatida investitsion loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun katta imkoniyatlar mavjud ekanligini ko’rsatganini ta'kidladi.
Beshariq tumanida shamol elektr stantsiyasi barpo etish, Farg’ona va Dang’ara tumanlaridagi chiqindi poligonlarida «nol chiqindi» tamoyilida chiqindini qayta ishlash korxonalarini tashkil etish, DXSh asosida pullik yo’llar qurish loyihalarida ishtirok etish, Farg’ona shahrida barpo etilayotgan Ekoshahar hududida yirik qurilish mahsulotlari savdo markazi hamda dunyoning yetakchi brendi ostida mehmonxona barpo etish kabi loyihalarni amalga oshirish borasida muhokama o’tkazildi.
Ushbu loyihalarni hayotga tadbiq etish borasida hamkorlikda ish tashkil etishga kelishib olindi.
Uchrashuvda viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev ishtirok etdi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram