Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 140 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


IKKINCHI HUNARMANDCHILIK FESTIVALI DOIRASIDA MATBUOT ANJUMANI BO’LIB O’TDI

×

 2023-09-23 15:20:05    330

PDF yuklash
Chop etish


Qo’qon shahrida bo’lib o’tayotgan Ikkinchi Hunarmandchilik festivali doirasida matbuot anjumani bo’lib o’tdi. Qo’qon shahrida tashkil etilgan Festival matbuot markazida o’tkazilgan tadbirda viloyat hokimining o’rinbosari Xurshidjon Ahmedov, Respublika “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug’bek Abdullayev, “O’zbekiston hunarmandchiligi” kitobi muallifi, akademik Akbar Hakimov, xorijiy, respublika va mahalliy OAV vakillari ishtirok etdilar.

Matbuot anjumanda qayd etilganidek, ikkinchi Hunarmandchilik festivalida dunyoning 70 ta davlatidan 260 nafardan ortiq mohir hunarmand va ustalar, taniqli fan, madaniyat va san'at namoyandalari, nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari, respublikamiz hududlaridan 700 nafardan ziyod hunarmandlar ishtirok etmoqda.

Festivalni 200 ga yaqin xorijiy, respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari yoritmoqda.

Festival doirasida xalqaro mahalliy hunarmandlarning ko’rgazma-savdosi o’tkazilmoqda. Ikki kun davomida festivalga tashrif buyurganlar soni kunlik 100 mingdan oshdi. 2 kun davomida hunarmandlar tomonidan qariyb 7 mlrd. so’mlik hunarmandchilik mahsulotlari sotildi. Savdo bugun ham davom etmoqda.

Jurnalistlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar, xorijiy OAV vakillari o’z taassurotlarini ham bayon etdilar.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram