Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 78 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


XALQARO KULOLCHILIK FORUMI G’OLIBLARI TAQDIRLANDI

×

 2023-09-23 21:21:50    333

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Rishton tumanidagi “Xalqaro kulolchilik markazi”da Qo’qonda bo’lib o’tayotgan II xalqaro hunarmandchilik festivaliga uyg’un holda tashkil etilgan Xalqaro kulolchilik forumi g’oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. 

Tadbirda viloyat hokimining o’rinbosari Jamshed Xatamov, O’zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug’bek Abdullayev, forumga taklif etilgan xorijlik va mahalliy kulolchilik ustalari, hunarmandlar, xorijiy hamda mahalliy OAV vakillari ishtirok etdilar.

3 kun davomida jahon kulollarini bir nuqtaga jamlagan va usta kulollarni bir birlari bilan tajriba almashish maydoniga aylangan mazkur forumda “Eng yaxshi kulol” nominatsiyasi bo’yicha rishtonlik Alisher Nazirov birinchi o’rin bilan taqdirlandi. Unga 2500 dollar miqdoridagi sertifikat hamda esdalik sovg’asi topshirildi.

“Eng yaxshi kulolchilik maktabi ustasi” nominatsiyasida yaponiyalik kulol Tomonari Asakura g’olib bo’ldi. “Kulolchilik bo’yicha qadimiy sulola davomchisi” nominatsiyasi samarqandlik Ilhom Bobomurotovga nasib etdi.

“Qadimiy an'analarni qayta tiklagan kulol” nominatsiyasida namanganlik Vahob Buvayev g’olib bo’lgan bo’lsa, “Eng yosh mahoratli kulol” nominatsiyasini shahrisabzlik Javlon G’aniyev qo’lga kiritdi. 

Shuningdek, “Eng mohir ayol kulol” nominatsiyasida xorazmlik Dilnoza Otajonova birinchi o’rinni oldi. 

Birinchi o’rin egalariga 1500 dollar, ikkinchi o’rin egalariga 1000 dollar, uchinchi o’rin egalariga 500 dollar miqdorida sertifikatlar va esdalik sovg’alari topshirildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram