Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Avgust 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 89 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


IKKINCHI XALQARO HUNARMANDCHILIK FESTIVALI G’OLIBLARI ANIQLANDI

×

 2023-09-23 22:15:17    420

PDF yuklash
Chop etish


21-23 sentyabr kunlari Qo’qon shahrida bo’lib o’tgan ikkinchi Xalqaro hunarmandchilik festivali katta bayram shodiyonasi bilan yakunlandi. 70 dan ziyod mamlakatdan 260 nafardan ortiq mohir hunarmandlar ishtirokida tashkil etilgan festivalning yopilish tadbirida festival g’oliblari va sovrindorlari taqdirlandilar.

Farg’ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, Jahon hunarmandlar kengashi prezidenti Saad al-Qaddumiy, Respublika “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug’bek Abdullayev va Qo’qon shahar hokimi Marufjon Usmonov festival g’oliblariga diplom va sovg’alarni tantanali topshirdilar.

“Eng yaxshi hunarmand” nominatsiyasi bo’yicha:

1-o’rin: Gulnora Odilova (O’zbekiston);

2-o’rin: Anaxita Alavi (Eron);

3-o’rin: Ravshan Norxo’jayev (O’zbekiston).

“Eng yosh hunarmand” nominatsiyasi bo’yicha:

1-o’rin: Abdullo Mirdjamolov (O’zbekiston);

2-o’rin: Abdulloh Mirzaahmedov (O’zbekiston);

3-o’rin: Rosid Axmadi Ros (Indoneziya).

“Eng yaxshi hunarmandchilik maktabi ustasi” nominatsiyasi bo’yicha:

1-o’rin: Xasan Umarov (O’zbekiston);

2-o’rin: Mavluda Hamdamova (O’zbekiston);

3-o’rin: Nurzad Jenbek qizi (Qirg’iz Respublikasi).

“Qadimiy sulola davomchisi” nominatsiyasi bo’yicha:

1-o’rin: Baxshillo Jumayev (O’zbekiston);

2-o’rin: Voxid Karimov (O’zbekiston);

3-o’rin: Maryamxon Ergaziyeva (O’zbekiston).

“Qadimiy hunarmandchilik turini tiklagan hunarmand" nominatsiyasi bo’yicha:

1-o’rin: Abdulla Nauruzbayev (Qozog’iston);

2-o’rin: Zulfiya Masharipova (O’zbekiston);

3-o’rin: Molima Pixigiya (Yangi Zelandiya).

Shuningdek, barcha nominatsiyalar bo’yicha qator rag’batlantiruvchi o’rin egalari ham diplom va sovg’alar bilan taqdirlandilar.

Ikkinchi Xalqaro hunarmandchilik festivali yopilish marosimi katta kontsert dasturi bilan yakun topdi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram