Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 105 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


XITOYNING “CAMC ENGINEERING” KOMPANIYASI FARG’ONA VILOYATIDA QATOR YIRIK INVESTITSION LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISHGA KIRISHADI

×

 2023-09-24 15:16:34    595

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning “CAMC Engineering” kompaniyasi vitse-prezidenti Lyu Shenchen boshchiligidagi kompaniya vakillarini qabul qildi.

Uchrashuvda Xitoy kompaniyasi ishtirokida Farg’ona viloyatida quyosh fotoelektr stantsiyasi qurish, “Kampirobod” suv omboridan Farg’ona shahriga toza ichimlik suvi tortish, ijtimoiy ob'ektlar, shu jumladan, maktablar va tibbiyot muassasalarini loyihalash, qurish yoki kapital rekonstruktsiya qilish, Ekoshahar hududida 25 qavatli turar-joy majmualari barpo etish loyihalari muhokama qilindi.

Ushbu uchrashuv viloyat hokimi boshchiligidagi Farg’ona viloyati delegatsiyasining yaqinda Xitoyga bo’lgan amaliy tashrifi davomida “CAMC Engineering” kompaniyasini o’z tarkibiga oluvchi Xitoy milliy mashinasozlik sanoati korporatsiyasi – SINOMACH rahbariyati bilan o’tkazilgan samarali muzokaralarning davomi bo’ldi.

O’zbekiston so’nggi yillardagi islohotlar natijasida jadal iqtisodiy rivojlanib borayotgani xorijiy sarmoyadorlar, xususan, Xitoy sarmoyadorlari uchun katta investitsion jozibadorlik kasb etayotganini qayd etgan Lyu Shenchen, kompaniya O’zbekiston hududlari orasida Farg’ona viloyatida asosiy loyihalarini amalga oshirishni ko’zda tutayotganini ma'lum qildi.

Kompaniya tomonidan Beshariq tumanida barpo etish rejalashtirilayotgan 500 mVt quvvatli, loyiha qiymati 300 mln. dollar bo’lgan quyosh fotoelektr stantsiyasi bo’yicha o’z fikrlarini bildirgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, tungi elektr ta'minotida kamayish bo’lmasligini oldini olish maqsadida bunday loyihalar energiya saqlash batareya stantsiyasini ham o’z ichiga olishi lozimligini qayd etdi. Bu borada loyihaga mavjud innovatsion Xitoy tajribalarini tatbiq etish imkoniyatlari ham o’rganib chiqiladigan bo’ldi.

“Kampirobod” suv omboridan Farg’ona shahriga toza ichimlik suvi tortish loyihasini amalga oshirish bo’yicha ham amaliy ishlarga kirilishi belgilab olindi, bu maqsadda tashkil etilgan qo’shma ishchi guruh loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqadi.

Viloyatda qurish yoki kapital rekonstruktsiya qilish lozim bo’lgan ijtimoiy ob'ektlar, shu jumladan, maktablar va tibbiyot muassasalari bo’yicha ikki oy ichida yakuniy hisobot tayyorlanishi va bu boradagi xorijiy kredit hisobiga amalga oshiriladigan loyiha bo’yicha hamkorlikning navbatdagi bosqichiga o’tilishiga kelishib olindi.

“Kampirobod” suv omboridan Farg’ona shahriga toza ichimlik suvi tortish hamda ijtimoiy ob'ektlarni loyihalash, qurish yoki kapital rekonstruktsiya qilish loyihalariga CAMC Engineering vositasi bilan Xitoy Eksimbankining uzoq muddatli va arzon foizli kredit liniyalarini jalb qilish yuzasidan ish olib borilmoqda.

Kelgusi oy boshlarida Xitoy Eksimbank rahbarining mamlakatimizga tashrifi davomida viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning Eksimbank rahbari bilan bu loyihalarni moliyalashtirish shartlari bo’yicha muhokama uchrashuvi o’tkazilishi belgilab olindi.

Toshkentda Olimpiya shaharchasi loyihasini amalga oshirayotgan “CAMC Engineering” kompaniyasi tomonidan Farg’ona shahrida barpo etilayotgan Ekoshahar hududida 25 qavatli turar-joylar majmuasini barpo etish loyihalariga ham kirishiladigan bo’ldi.

O’z arxitektura kompaniyasida 3500 nafardan ziyod me'morlarni jamlagan “CAMC Engineering” hozirgi kunda Toshkent Yangi shahar kontseptual bosh rejasini ishlab chiqishga ham kirishayotganini bildirgan Lyu Shenchen, Farg’ona viloyatida ham bunday loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdi. Qo’qon shahrida barpo etiladigan yangi shaharcha loyihasida bu borada hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuvda viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev ishtirok etdi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram