Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONA VILOYATIDA YOSHLARGA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARI YO’NALISHIDA BILIM OLISHLARI UCHUN KENG IMKONIYATLAR TAQDIM ETILMOQDA
2023-09-25 19:13:32 247
Boshqa sohalarda bo’lgani kabi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari xizmatlari sohasi ham so’nggi yillarda Farg’ona viloyatida jadal rivojlanib bormoqda. Raqamlarga murojaat qilganda joriy yilning dastlabki olti oyida viloyatimizda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari xizmatlari hajmi 669,9 mlrd. so’mni tashkil etib, o’sish ko’rsatkichi 121 foizga teng bo’ldi.
Bunda yoshlarga axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida ta'lim berish bo’yicha amalga oshirilayotgan keng ko’lamli ishlar muhim o’rin tutmoqda.
Bu maqsadda viloyatning 19 ta shahar va tumanlarida “Raqamli texnologiyalar o’quv markazlari” tashkil etildi. Ushbu o’quv markazlarida 72 nafar o’qituvchi trenerlar faoliyati orqali, shu kunga qadar jami 18 mingdan ortiq o’quvchi va yoshlar o’qitilib, ularga sertifikatlar berildi. Joriy yil yakuniga qadar markazlar moddiy-texnik bazasini yaxshilash maqsadida mahalliy byudjetning orttirib bajarilgan qismidan yana 4 mlrd. so’m mablag’ yo’naltiriladi.
Ushbu markazlarni bitirgan o’quvchilarning 2400 nafari hozirda viloyatdagi yirik “Mega-Group”, “Intellectual Software Technology” va “You Cloud” Ay-Ti kompaniyalariga ishga joylashib, hozirda o’rtacha 1 000 – 1 200 dollar miqdorida oylik maosh olmoqdalar.
Mazkur dasturchi yoshlar tomonidan bugungi kunda Rossiya, Koreya hamda Qozog’iston kompaniyalariga ERP tizimi hamda mobil ilovalari yetkazib berilmoqda.
Shuningdek, bugungi kunda ko’plab yoshlar Frilanserlik shaklida veb dizaynerlik, tarjimonlik, dasturlash kabi ko’plab xizmatlarni ko’rsatgan holda daromad ko’rishmoqda.
TATU Farg’ona filialida Janubiy Koreyaning NIA agentligi bilan hamkorlikda “Axborot almashinuv markazi” hamda viloyatning 4 ta oliygohlarida (Qo’qon davlat pedagogika instituti, TATU Farg’ona filiali, Farg’ona davlat universiteti, Qo’qon universiteti) “Inkubatsiya va akseleratsiya markazi”lari tashkil etildi. Mazkur markazlarda o’quvchi yoshlar tomonidan 880 mln. so’mlik STARTAP loyihalar moliyalashtirildi.
Marg’ilon shahrida tashkil etilgan IT-Park filialida qisqa davrda jami 35 mingga yaqin o’quvchi-yoshlar axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida kasb egasiga aylanishdi.
Hozirgi kundagi talablardan kelib chiqib, yoshlarni Ay-Ti sohasiga yanada ko’proq qamrab olish maqsadida joriy yilda Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda Farg’ona shahrida qo’shimcha ravishda bir vaqtning uzida 1500 nafar o’quvchi va yoshlarni qamrab olish imkoniyatiga ega Dasturiy mahsulotlar va Axborot texnologiyalari texnologik parki hududiy filialini tashkillash rejalashtirilgan.
Bugungi kunda Farg’ona shahrida 8 ta “Masofaviy xizmatlar eksporti markazlari” tashkil etilib, ushbu markazlarda 100 nafardan ortiq yoshlar malaka va ko’nikmalariga qarab 2000 dollargacha ekvivalent hisobida oylik maosh olmoqdalar. Joriy yil yakuniga qadar “Masofaviy xizmatlar eksporti markazlari” sonini 10 taga yetkaziladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram