Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 194 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


MAXSUS ISH KIYIMLARI ISHLAB CHIQARISHDA YEVROPANING YETAKCHI TUZILMASI – GERMANIYANING TEAMDRESS KOMPANIYASI FARG’ONADA BARPO ETGAN KORXONA YAQIN KUNLARDA ISHGA TUSHIRILADI

×

 2023-09-25 19:47:19    962

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov maxsus ish kiyimlari ishlab chiqarishda YEvropaning yetakchi tuzilmasi bo’lgan Germaniyaning Teamdress kompaniyasi tomonidan viloyatimizda amalga oshirilgan investitsion loyiha doirasida Ekoshahar hududidagi kichik sanoat zonasida barpo etilgan ishlab chiqarish korxonasida bo’ldi. 

Kelgusi oyda ishga tushiriladigan korxonada 300 ta doimiy ish o’rni yaratildi. Loyiha qiymati 3,2 million dollarga teng bo’lgan ushbu korxonada YEvropa bozori uchun yillik qiymati 25 million dollar bo’lgan maxsus ish kiyimlari ishlab chiqariladi va to’la eksport qilinadi.

Viloyat hokimi Germaniyaning O’zbekistondagi elchixonasi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik tashkilotining (GIZ) O’zbekistondagi vakolatxonasi vakillari ishtirokida yangi korxona bilan tanishdi. Hozirgi kunda dastgohlarni o’rnatish ishlari jadal davom etmoqda, parallel ravishda xodimlarni ishga olish hamda texnologiyalar va talablar bilan dastlabki tanishtirish ishlari olib borilmoqda.

Ishchi-xodimlar uchun yuqori darajadagi mehnat sharoitlari yaratilgan ushbu korxonada zamonaviy oshxona, xodimlar farzandlari uchun bepul bog’cha, bolalar maydonchasi, dam olish uchun maxsus zonalar, shinam yuvinish xonalari ham mavjud.

Germaniya xalqaro hamkorlik tashkilotining (GIZ) O’zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan “Teamdress Holding GmbH” kompaniyasi bilan hamkorlikda Marg’ilondagi 2-son kasb-hunar maktabida o’quv jarayoni va ishlab chiqarish amaliyotini birgalikda olib borishga, ta'lim va ishlab chiqarish o’rtasidagi integratsiyani ta'minlashga qaratilgan dual ta'lim tizimi joriy etish loyihasi amalga oshirilmoqda. Bugun ushbu kasb-hunar maktabi o’quvchilari ham korxonada bo’lib, yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram