Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 112 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


XITOYNING XANCHJOU SHAHRIDA BO’LIB O’TAYOTGAN XIX YOZGI OSIYO O’YINLARIDA 28 NAFAR FARG’ONALIK SPORTCHILAR ISHTIROK ETMOQDA

×

 2023-09-26 11:21:42    374

PDF yuklash
Chop etish


Xitoyning Xanchjou shahrida bo’lib o’tayotgan XIX yozgi Osiyo o’yinlarida mamlakatimiz terma jamoalari safida 28 nafar farg’onalik sportchilar ishtirok etishmoqda.

Viloyatimiz sportchilari boks, sport gimnastikasi, yengil atletika, yunon-rum kurashi, baydarka va kanoeda eshkak eshish, kamondan otish, ot sporti, karate, jiu jitsu, velosport turlarida hamda futbol va chim ustida xokkey terma jamoalarimiz safida g’oliblik uchun bellashadilar.

Dastlabki kunlardan musobaqaga kirishgan sportchilarimiz ilk g’alabalarni qayd etishni boshladilar. 

Futbol bo’yicha O’zbekiston olimpiya jamoasi Osiyo o’yinlari guruh bosqichidagi dastlabki bahsni Hongkongga qarshi o’tkazib, 1:0 hisobida g’alaba qozondi. Yagona golga “Neftchi” hujumchisi Ulug’bek Hoshimov mualliflik qildi. 

Boks bo’yicha jahon chempioni Asadxo’ja Mo’ydinxo’jayev (-71 kg) musobaqadagi ilk jangini KXDR vakili Jang Taye Ryangga qarshi o’tkazib, 5:0 hisobida ishonchli g’alabaga erishdi va keyingi bosqichga yo’l oldi.

Musobaqalarda sportchilarimizga omad tilaymiz.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram