Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
"YIL AYOLI” MILLIY TANLOVIGA MARHAMAT!
2023-09-26 11:26:28 677
Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo’yicha respublika komissiyasi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo’mitasi, Oila va xotin-qizlar qo’mitasi, Oila va xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg’armasi mulkchilik shaklidan qat'iy nazar korxona, tashkilot, muassasalarda mehnat qilayotgan xotin-qizlar hamda uy bekalari uchun “Yil ayoli” milliy tanlovini e'lon qiladi!
Tanlov orqali mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga o’zining ulkan hissasini qo’shib kelayotgan, yuksak ma'naviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat, o’zi faoliyat ko’rsatayotgan soha nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari bo’lgan xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash maqsad qilingan.
Tanlov 3 bosqichda o’tkaziladi:
1-bosqich – tuman va shaharlarda oktyabr oyida;
2-bosqich (hududiy bosqich) – Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida noyabr oyida;
3-bosqich (respublika bosqichi) dekabr oyining oxirgi 10 kunligida tantanali tarzda o’tkaziladi.
Tanlovda 35 yoshdan yuqori bo’lgan, o’zi faoliyat ko’rsatayotgan tashkilot nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan hamda yo’nalishi bo’yicha faoliyat bilan kamida 5 yil mobaynida uzluksiz shug’ullanib kelayotgan xotin-qizlar hamda uy bekalari ishtirok etishlari mumkin.
Tanlov yakunida 1-, 2- va 3-o’rin sovrindorlari hamda “Yilning eng vatanparvar ayoli”, “Yilning eng yaxshi uy bekasi” kabi 10 ta nominatsiya bo’yicha g’oliblar aniqlanadi.
Tanlovning Respublika bosqichida oliy o’rin – Gran prini qo’lga kiritgan ishtirokchi oliy darajadagi diplom, statuetka va Prezident sovg’asi – avtomobil bilan;
1-o’rinni olgan ishtirokchi I darajali diplom va bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti bilan;
2-o’rinni olgan ishtirokchi II darajali diplom va bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravari miqdorida pul mukofoti bilan;
3-o’rinni olgan ishtirokchi III darajali diplom va bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar hududdagi tuman (shahar) tashkiliy qo’mitalariga 1 oktyabrga qadar qabul qilinadi. Qo’shimcha ma'lumot uchun telefon: 73 244-07-60
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram