![](https://ferghana.uz/uploads/sdfsdfsdfsdfsdfsdafsfdasdf.jpg)
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
![](https://ferghana.uz/images/img/flag-gerb.gif)
.
.
Saytni baholash
XITOYNING "DONGFENG MOTOR” AVTOKONTSERNI FARG’ONADA ELEKTROBUSLAR ISHLAB CHIQARISH BO’YICHA QIYMATI 100 MLN. DOLLAR BO’LGAN INVESTITSION LOYIHANI AMALGA OSHIRISHGA KIRISHMOQDA
![](https://ferghana.uz/uploads/bot/97354c2b14ef145963ccb.jpg)
2023-09-26 18:57:54 259
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov “Dongfen motor” avtokontserni boshqaruv vakili Sya Tong Yuanni qabul qildi.
Uchrashuvda “ Dongfeng motor” kompaniyasi tomonidan viloyatimizda amalga oshirishga kirishilayotgan qiymati 100 mln. dollar bo’lgan, shu jumladan, birinchi bosqichda 45 mln. dollar to’g’ridan to’g’ri xorijiy investitsiya yo’naltiriladigan Dongfeng elektrobuslarini ishlab chiqarish loyihasi muhokama qilindi.
Ushbu korxona Furqat tumani hududida joylashtirilmoqda.
Viloyat hokimi boshchiligidagi Farg’ona viloyati delegatsiyasining yaqinda Xitoyga amaliy tashrifi davomida viloyat rahbari ushbu kompaniyaning ishlab chiqarish majmuasida bo’lib, elektrobuslar ishlab chiqarish jarayonlari bilan joyida tanishgandi hamda viloyatimizda elektrobuslar ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bo’yicha investitsion kelishuv imzolangandi.
Bugun "Dongfeng Special vehicle" MChJ xorijiy korxonasi viloyatimizda davlat ro’yxatidan o’tkazildi hamda yangi korxona guvohnomasi viloyat hokimi tomonidan Sya Tong Yuanga topshirildi.
![](https://telegra.ph/file/97354c2b14ef145963ccb.jpg)
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram