Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 77 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


OLTI YARIM MINGTA ISH O’RNI YARATGAN TADBIRKOR TALABALAR BILAN UCHRASHDI

×

 2023-09-26 20:40:02    711

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona politexnika institutida “Global Textile” kompaniyalar guruhi asoschisi Muzaffar Razakov bilan talaba yoshlar uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Dastlab yengil sanoat va to’qimachilik fakulteti tomonidan tashkil etilgan yarmarka hamda talabalarning sifatli ta'lim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar, yangi tashkil etilgan muzey faoliyati oliygoh mehmonlariga tanishtirildi.

Shundan so’ng “Global Textile” hamda Farg’ona politexnika instituti o’rtasida amaliy va fundamental loyihalarni birgalikda bajarish, yaqin hamkorlikni yo’lga qo’yish maqsadida ikki tomonlama o’zaro manfaatli Memorandum imzolandi.

Oliygoh majlislar zalida bo’lib o’tgan anjumanda Muzaffar Razakov o’z kompaniyasining tashkil etilish jarayonlari, bugungi kundagi faoliyati haqida so’zlab berdi. Qariyb 6,5 ming ish o’rinlari yaratilgani, Davlatimiz rahbari tashabbuslari, qo’llab-quvvatlovi tufayli 2016 yildan boshlab tadbirkorlar uchun katta imkoniyatlar vujudga kelgani, imtiyozlar berilgani, natijada paxta xom ashyosi va ip-kalavani qayta ishlash, uni tayyor mahsulot holiga keltirish ishlari tizimli yo’lga qo’yilgani qayd etildi.

Tadbirkor o’z jamoasi bilan innovatsion texnologiya va ishlanmalarni tatbiq etib, “Global textile”ni mamlakatimizdagi yetakchi to’qimachilik kompaniyalaridan biriga aylantirgani, Qozog’istonning Turkiston viloyatida ham “Global Textile Turkestan” paxta-to’qimachilik klasteri tashkil etilgani, xorijlik hamkorlari, ishlab chiqarish quvvatlari haqida to’xtalib o’tdi.

Uchrashuvda o’quv yurti talabalari o’zlarini qiziqtirgan savollarga kerakli javoblarni oldilar. Yangi loyihalar bo’yicha tadbirkor bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish maqsadida paxta-to’qimachilik, tekstil yo’nalishida bir qator taqdimotlarni ham amalga oshirdilar.

Hamkorlikka har doim tayyor ekanligini qayd etgan tadbirkor, yoshlar hayotida xorijiy tillarni bilish, ilm olish, ilg’or texnologiyalarni o’zlashtirish eng ustuvor vazifa bo’lishi zarurligiga e'tibor qaratdi. O’z faoliyati misolida hamisha yangilikka intilish kerakligi, mashaqqatli mehnatdan va o’rganishdan qochmaslik lozimligi haqida fikr-mulohazalari bilan o’rtoqlashdi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram