Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 183 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


YAPON SARMOYADORLAR BILAN FARG’ONADA MEVALARNI QAYTA ISHLASH, QURILISH HAMDA TURIZM SOHALARIDA INVESTITSION LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH ISTIQBOLLARI MUHOKAMA QILINDI

×

 2023-09-27 18:10:53    714

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Kavaxara Shunsuke boshchiligidagi yaponiyalik investorlar guruhini qabul qildi.

Uchrashuvda Farg’ona viloyatida Yaponiya investitsiyalari hisobiga mevalarni qayta ishlashga eng zamonaviy texnologiyalarni joriy qilgan holda sharbat kontsentratlari ishlab chiqarish, qishloq xo’jaligi sohasida hamkorlik qilish, Ekoshahar hududida yapon texnologiyasi asosida ko’p qavatli turar-joylar barpo etish loyihalari, shuningdek, turizm sohasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Yaponiya bilan hamkorlik aloqalari yil sayin rivojlanib borayotganini ta'kidlagan viloyat hokimi, Farg’ona viloyati delegatsiyasining 2022 yil dekabr oyidagi Yaponiyaga amaliy tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlar natijasida o’tgan qisqa davrda Yaponiya kompaniyalari tomonidan 4 ta yirik investitsion loyihani amalga oshirishga kirishilganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

O’zbekistonda ba'zi sharbat kontsentratsiyalari ishlab chiqarish korxonalari bilan tanishganini aytib o’tgan Kavaxara Shunsuke, ularning samaradorlik darajasi yetarli emasligiga, yil davomida doimiy to’liq quvvatda ishlamasligiga e'tibor qaratganini qayd etib, aynan shu sababdan yapon texnologiyalariga asoslangan, uzluksiz bir xil quvvatda ishlovchi korxonani barpo etish istagida ekanini bildirdi.

O’zbekistondagi qishloq xo’jaligi mahsulotlari ta'm jihatidan juda yuqori baholanishini ta'kidlagan yaponiyalik mehmon, ularni jahon bozorida raqobatbardoshligini oshirish uchun yetishtirishdan qayta ishlashgacha bo’lgan jarayonni to’liq isloh etish lozimligini aytib, bu borada o’z tajribalarini amalga oshiriladigan loyiha davomida viloyatimizda tatbiq etishga tayyor ekanligini qayd etdi. Sho’rlashgan yerlarni sho’rdan tozalash borasida ham hamkorlik yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, qurilish sohasida ham Farg’onada amalga oshirish imkoniyati mavjud bo’lgan loyihalar batafsil muhokama qilindi.

Farg’ona viloyati gastronomik, agro-, eko- va tarixiy turizm nuqtai nazaridan yapon turistlari uchun jozibadorlik kasb etishiga e'tibor qaratgan Kavaxara Shunsuke, bu borada ham hamkorlik imkoniyatlarini yuqori baholadi.

Muhokama qilingan masalalar bo’yicha hamkorlikda ish tashkil qilishga kelishib olindi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram