Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONA JAMOAT TRANSPORTI UCHUN YANGI AVTOBUSLAR OLIB KELINMOQDA
2023-09-29 21:55:23 842
Farg’ona shahrida jamoat transporti tizimini rivojlantirish uchun Xitoydan yangi avtobuslar olib kelinmoqda. Bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov jamoat transporti yo’nalishlari bo’yicha yo’lovchi tashish xizmati ko’rsatuvchi tadbirkorlar bilan birga yangi avtobuslarning texnik xususiyatlari va qulayliklari bilan tanishdi.
Viloyat transport boshqarmasi boshlig’i Bobur Xamidov viloyat hokimiga joriy yil yakuniga qadar Xitoydan King Long, Yutong, Foton va AsiaStar rusumlarida 100 ta shahar ichi va 10 ta shaharlararo avtobus olib kelinayotganini ma'lum qildi. Kelgusi yilda yana qo’shimcha 160 ta avtobus olib kelinishi bildirildi.
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan jamoat transporti sohasida yangi tizim ishlab chiqilib, kunlik tushum rejasini belgilash amaliyoti o’rniga endi tashuvchilarga mablag’lar avtobusning yurgan masofasi va odamlar xizmat sifatidan qoniqishiga qarab beriladi. Bu tizim boshqa viloyatlar qatori kelgusi yil 1 iyundan Farg’onada ham joriy etilishi belgilangan. Prezident qarori bilan, avtobus olib keladigan tadbirkorlarga qator soliq va bojxona imtiyozlari joriy etilgan. Avtobuslar sotib olish uchun 10 yilgacha muddatga imtiyozli kredit beriladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram