
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
FARG’ONADA PROFESSIONAL TA'LIM TIZIMI XODIMLARI SHARAFLANDI

2023-09-30 09:13:15 481
Marg’ilon shahar 2-son kasb-hunar maktabida 1 oktyabr – O’qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkillandi. Unga viloyatdagi barcha professional ta'lim muassasalari – kasb-hunar maktablari, texnikum va kollejlar rahbarlari, fidoyi o’qituvchilar, kasb ta'limi ustalari taklif etildi.
Tadbirda so’z olganlar mamlakatimizda so’nggi yillarda ilm-fan va ta'lim-tarbiya sohasiga davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi sifatida qaralayotgani, yosh avlodning hayotda munosib o’rin topishiga xizmat qiladigan yaxlit va uzluksiz tizim yaratilayotganini ta'kidlashdi.
Shuningdek, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri buyrug’iga asosan O’qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan o’rta maxsus va professional ta'lim sohasida fidokorona faoliyat yuritib, yoshlarning sifatli ta'lim olishi va kasb-hunar egallashidagi samarali mehnati, tizim rivoji uchun qo’shgan munosib hissasi uchun “O’rta maxsus va professional ta'lim a'lochisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlangan viloyatdagi bir guruh soha fidoyilariga ko’krak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.
Tadbirda sohada ko’p yillar mehnat qilgan faxriy ustozlarga ehtirom ko’rsatilib, sovg’alar taqdim qilindi. Faoliyatda o’rnak ko’rsatgan o’qituvchilar vazirlikning “Faxriy yorliq”lari bilan taqdirlandilar.
Bayram tadbiri diltortar kuy-qo’shiqlar, sho’x raqslar bilan davom etdi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram