
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
Ishonch telefoniga berilgan baholar
O’ZBEK TILI BAYRAMI KUNI MUNOSABATI BILAN FARG’ONADA BAYRAM TADBIRI BO’LIB O’TDI
2023-10-21 11:10:45 5240
21 oktyabr – O’zbek tili bayrami kuni munosabati bilan o’zbek adabiy tilining asoschisi, buyuk mutafakkir shoirimiz Alisher Navoiyning Farg’ona shahridagi haykali yonida viloyat bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari va mudofaa tizimlari rahbarlari, viloyat boshqarma va tashkilotlari, ta'lim muassasalari hamda keng jamoatchilik vakillari, yozuvchi va shoirlar, yoshlar ishtirok etdilar.
Bayram tadbirini ochib bergan Xayrullo Bozorov, ona tilining inson hayotida tutgan o’rni, yurtimizda so’nggi yillardagi O’zbek tilining obro’-e'tiborini tubdan oshirish masalasida olib borilayotgan ishlarga to’xtalib, Davlatimiz rahbarining alohida e'tiborlari natijasida mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida davlat tili imkoniyatlaridan to’liq va to’g’ri foydalanishga erishilayotganini qayd etdi.
Abdulla Avloniyning “Milliy tilni yo’qotmak millatning ruhini yo’qotmakdur” so’zlarini iqtibos qilib keltirgan viloyat hokimi, har qadamda, hamma vaqt millatimizning yuragi, ruhi, tom ma'noda joni hisoblangan ona tilimizni asrash, avaylash lozimligini ta'kidladi.
Farg’ona davlat universiteti professori, tilshunos olim Siddiqjon Mo’minov tilning jamiyatda tutgan o’rni va ahamiyati haqida gapirib, mustabid tuzum davrida tilimizni yo’qotishga bo’lgan urinishlarni, xalqimizning, ziyolilarning O’zbek tilini saqlab qolish yo’lidagi mardona harakatlarini tilga oldi.
Tadbir davomida O’zbek tilini ulug’lovchi she'rlar yangrab, Alisher Navoiy siymosi sahnalashtirilgan chiqishlar namoyish etildi, O’zbek tilining asoschisi haykali poyiga gulchambarlar qo’yildi.
Joylarda O’zbek tili bayrami tantanalari davom etmoqda.










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram




