Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
ROSSIYANING “SAN MARKO” KOMPANIYASI FARG’ONADA MARMARDAN RAKOVINALAR ISHLAB CHIQARISHNI YO’LGA QO’YADI
2023-10-23 21:07:35 8605
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Rossiyaning “San Marko” kompaniyasi direktori Aleksandr Kolotovni qabul qildi.
Uchrashuvda “San Marko” kompaniyasi tomonidan viloyatimiz hududida rejalashtirilayotgan marmardan rakovinalar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish loyihasi muhokama qilindi.
Ko’p yillik tajribaga hamda xalqaro bozorda o’z o’rniga ega ushbu kompaniya, Farg’ona viloyatida tashkil etiladigan korxonada ishlab chiqariladigan mahsulotlarni ichki bozorga, shuningdek, Hindiston, Arab davlatlari bozorlariga eksportga yo’naltirishni ko’zda tutmoqda. Loyihani amalga oshirish natijasida jami 150 ta yangi ish o’rinlari shakllantiriladi. Dastlabki bosqichda ish boshlaydigan mahalliy xodimlar uchun Rossiyadagi ishlab chiqarish korxonasida o’quv-malaka kursi tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Uchrashuvda ushbu korxonani viloyatimizning So’x tumanida joylashtirish masalasi muhokama qilindi. Loyihani tezkor amalga oshirish uchun tuman hududidagi bo’sh turgan ishlab chiqarish maydonlari bo’yicha ma'lumot taqdim etiladigan bo’ldi.
Viloyat hokimi ushbu loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirilishida har tomonlama ko’mak berilishini bildirdi.
Uchrashuvda viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev ham ishtirok etdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram