
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
VILOYAT HOKIMINING QARORI BILAN VILOYATDA ICHIMLIK SUVI TA'MINOTI VA OQAVA SUV XIZMATLARI UCHUN YANGI NARXLAR (TARIFLAR) TASDIQLANDI

2023-11-02 16:37:39 7162
Farg’ona viloyati hokimining 2023 yil 1 noyabrda qabul qilingan “Viloyatda ichimlik suvi ta'minoti va oqava suv xizmatlari uchun taklif etilayotgan narxlar (tariflar)ni tasdiqlash to’g’risida”gi 357-11-0-Q/23-son qarori bilan Farg’ona viloyatida suv ta'minoti va oqava suv tashkilotlari tomonidan ko’rsatiladigan ichimlik suv va oqava suv xizmatlari uchun belgilangan yangi narxlar (tariflar) tasdiqlandi.
“Farg’ona suvta'minot” MChJ rahbari M.Yuldashevning ichimlik suvi ta'minoti va oqava suv xizmatlari uchun taklif etilayotgan narxlar (tariflar) yuzasidan tegishli xati, shuningdek, Farg’ona viloyati Iqtisodiyot va moliya boshqarmasi hamda O’zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo’mitasi viloyat hududiy boshqarmasining xulosalari ma'lumot va asos uchun qabul qilingan.
Bundan kelib chiqib, Farg’ona viloyati hokimi qarorining 1-ilovasiga ko’ra, viloyatda ichimlik suvi ta'minoti va oqava suv xizmatlari uchun belgilangan yangi narxlar (tariflar) yuqoridagicha tasdiqlandi.
Viloyat hokimining ushbu qarori e'lon qilingandan keyin 15 kun o’tib kuchga kirishi belgilangan.
Qaror to’la matni: fergana.uz/uploads/11111/357-11-0-Q-23.pdf

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram