Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
MEVLYUT CHAVUSHOG’LU FARG’ONADA BO’LDI
2023-11-04 23:08:56 5115
Turkiya Buyuk Millat Majlisi (Parlamenti) deputati, Turkiya sobiq tashqi ishlar vaziri Mevlyut Chavushog’lu mamlakatimizga tashrifi doirasida bugun Farg’ona viloyatida bo’ldi. Chavushog’luga safar davomida Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi o’rinbosari O’mer Kojaman, O’zbekiston Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo’mitasi raisi Ravshanbek Alimov hamrohlik qildilar.
Mehmonlar dastlab Marg’ilon shahridagi an'anaviy usulda ipak mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Yodgorlik” korxonasida bo’lib, milliy hunarmandchilik mahsulotlarini xalqaro brend darajasiga yetkazayotgan usta-hunarmandlar faoliyati bilan tanishdilar.
Mevlyut Chavushog’lu va hamrohlari Farg’ona shahrida barpo etilayotgan Ekoshaharda ham bo’ldilar. O’ziga xos zamonaviy ko’rinishga, bino-inshootlarga ega bo’lgan 300 gektar maydonni egallagan yangi shaharchadagi kichik sanoat hududi, 70 gektarlik “Yangi O’zbekiston” bog’i, barpo etilayotgan 7-25 qavatli 300 ta ko’p qavatli turar-joylar va zamonaviy ijtimoiy ob'ektlar ularda katta qiziqish uyg’otdi.
Farg’ona shahridagi Central Asian Medical University oliygohida bo’lgan mehmonlar, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va qulayliklar bilan tanishdilar. Loyiha qiymati 5 million dollar bo’lgan simulyatsion markaz va laboratoriyalar ularning alohida e'tiborini tortdi.
Mevlyut Chavushog’lu tashrif yakunida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bilan uchrashdi. Muloqotda mamlakatlarimiz rahbarlarining do’stona munosabatlari va siyosiy irodalari davlatlarimiz o’rtasida barcha sohalardagi aloqalarni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqqani hamda o’zaro hamkorlikning jadallashishiga omil bo’lgani alohida qayd etildi. Yaratilayotgan sharoitlar natijasida hamkorlik ko’lamini yanada kengaytirish imkoniyati mavjudligi ta'kidlandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram