Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
XITOYNING YANA BIR KOMPANIYASI FARG’ONAGA QURILISH SOHASIDA INVESTITSIYA KIRITADI
2023-11-06 19:09:34 3791
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Tszyan Yuntsyan boshchiligidagi Xitoyning Shanxi construction engineering kompaniyalar guruhi vakillarini qabul qildi.
Uchrashuvda Xitoy kompaniyasi investitsiyalari hisobiga Farg’ona shahrida barpo etilayotgan Ekoshahar hududida 10 ta 12 qavatli turar-joy binolaridan iborat majmua qurish loyihasi muhokama qilindi.
Farg’ona viloyatining iqtisodiy salohiyati, qurilish bozorining mavjud imkoniyatlari haqida yetarli ma'lumot to’plaganini qayd etgan Tszyan Yuntsyan, ushbu binolarni barpo etish loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshishi ortidan viloyatimizda qurilish sohasidagi yanada yirik loyihalarga kirishishga tayyor ekanliklarini bildirdi.
Yirik va zamonaviy qurilish kompaniyalaridan biri bo’lgan va “Xitoyning eng yaxshi 80 pudratchi korxonasi” ro’yxatiga kiritilgan Shanxi construction engineering, Farg’onada barpo etiladigan turar-joylarda Xitoy loyihasozligining eng yaxshi yutuqlarini mahalliy arxitektura bilan uyg’unlashtirgan holda tadbiq etishni rejalashtirmoqda.
Xitoyning boshqa bir kompaniyasi – “Xueyjenshi” rahbarlari ham yaqinda viloyat hokimi qabulida bo’lib, Ekoshahar hududida turar-joy majmuasi barpo etish bo’yicha o’z loyihalarini taqdim etishgandi.
Uchrashuvda viloyat hokimining Farg’ona va Xitoy o’rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalari bo’yicha yangi tayinlangan maslahatchisi Otaxon Xayrullayev ham ishtirok etdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram