Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONADA O’ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI KUNI MUNOSABATI BILAN VILOYAT BAYRAM TADBIRI BO’LIB O’TDI
2023-11-09 12:44:12 2302
Bugun Farg’ona shahridagi viloyat musiqali drama teatrida 11 noyabr – O’zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan viloyat bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari, viloyat kasaba uyushmalari tizimi faollari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirni ochib bergan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, yig’ilganlarni hamda ular orqali viloyatimizdagi 3200 ta boshlang’ich kasaba tashkilotlari hamda ularning 550 ming nafardan ziyod a'zolarini bayram bilan tabriklab, viloyatimizda ishchi-xodimlarning mehnatga oid huquq va manfaatlarini ta'minlashda, aholi turli qatlamlarining ijtimoiy manfaatlarini himoya qilish borasida davlat organlari bilan ijtimoiy sheriklik masalalarida erishilayotgan salmoqli natijalar uchun minnatdorchilik bildirdi.
So’nggi yillarda Muhtaram Prezidentimiz olib borayotgan adolatli ijtimoiy siyosat markazida bo’lgan “Inson qadri uchun” tamoyili, ishchi-xodimlarning, ularning oila a'zolarining haq-huquqlarini ta'minlashga qaratilgan Kasaba uyushmalarining tamal g’oyalari bilan hamohang ekanligiga e'tibor qaratgan viloyat hokimi, bu jihat bugungi davlatchiligimizda kasaba uyushmalariga bo’lgan yuqori e'tiborning mohiyatini yanada yaqqol tushuntirib berishini qayd etdi.
Bayram tadbirida sohaning qator fidoyilari viloyat hokimining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar. O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan e'lon qilingan “Eng yaxshi sektor rahbari”, “Eng yaxshi mahalla fuqarolar yig’ini raisi”, “Eng yaxshi hokim yordamchisi”, “Eng yaxshi yoshlar yetakchisi”, “Eng yaxshi xotin-qizlar faoli” singari tanlovlar g’oliblariga diplom va pul mukofotlari, esdalik sovg’alari taqdim etildi.
El ardog’idagi san'atkorlar ishtirokidagi kuy-qo’shiqlar esa barchaga quvonch ulashdi. Tadbir viloyat musiqali drama teatri ijodkorlari tomonidan sahnalashtirilgan, Jo’ra Mahmudov muallifligidagi “Reportaj” spektakli namoyishi bilan yakunlandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram