Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 94 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


GRANT TANLOVI E'LON QILINADI

×

 2023-11-09 15:41:22    2726

PDF yuklash
Chop etish


Xalq deputatlari Farg’ona viloyati Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash Jamoat fondi “Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili” Davlat dasturi ijrosini ta'minlashda “Fuqarolik jamiyati institutlarining loyihalarini qo’llab-quvvatlash” mavzusida davlat grantini ajratish uchun

4-tanlovni e'lon qiladi.

1. Millatlararo totuvlikni ta'minlashda davlat organlari bilan hamkorlikda ta'sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish va tadbirlar tashkil etish.

Xududlarda mahallalarda millatlararo totuvlikni targ’ib qiluvchi tadbirlar o’tkazish va OAV larida, ijtimoiy tarmoqlarda  keng yoritib borish.

  Turli millat vakillarining milliy qadriyatlarini, urf-odatlarini namoyon qilish maqsadida ko’rik tanlovlar tashkil qilish va OAV larida, ijtimoiy tarmoqlarda   yoritib borish.

Milliy madaniy markazlarini davlat tashkilotlari bilan hamkorligi va turli millat vakillarini bandligini ta'minlanganligini xududlar kesimida o’rganib borish hamda Jamoatchilikni xabardor qilish.

 2.O’zbekistonda odam savdosiga qarshi kurashish, jabrlanuvchi va ijtimoiy zaif guruhga yordam ko’rsatishni tashkillashtirishda Fuqarolik jamiyati institutlarining roli.

 

Fuqarolik jamiyati institutlari davlat tashkilotlari bilan hamkorlikda “Odam savdosiga qarshi kurashish va xavfsiz migratsiya”ga ko’maklashish.

Odam savdosi jabrlanuvchilari va odam savdosi bilan to’qnash kelish havfida bo’lgan ijtimoiy zaif guruhlarni identifikatsiya qilish (identifikatsiya jarayonida aniqlanishi, aniqlik kiritilishi zarur bo’lgan holatlar).

Odam savdosi jabrlanuvchilari va ijtimoiy zaif guruhlarni qayta yo’naltirish mehanizmi bo’yicha mutaxassislarni jalb etish.

  Hududlarda MFY lar bilan hamkorlikda odam savdosi jabrlanuvchilari va ijtimoiy zaif guruhlarlarga mansub bo’lgan fuqarolarga xafsiz migratsiya bo’yicha targ’ibot ishlarini olib borish.

Norasmiy mehnat migratsiyasini oldini olishda, mehnat bozorida raqobatbardosh bo’lmagan ishchi kuchi bandligini ta'minlashga ko’maklashish.

  Mehnat migrantlarini turli firibgarlik sxemalari tuzog’iga tushib qolishini va odam savdosining oldini olish, ularning huquqiy bilimini oshirish, shu maqsadlarda turli tadbirlar o’tkazish, amaliy qo’llanmalar ishlab chiqish.


3. Kengqamrovli va adolatli sifatli ta'limni ta'minlashda Fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokini oshirish.

 

Ta'lim muassasalarida o’quvchi va talabalarga texnika vositalaridan foydalanishda uslubiy ko’maklar ko’rsatish.

  Ta'limning texnika vositalaridan foydalanish bo’yicha uslubiy qo’llanmalar ishlab chiqish.

  Ta'lim muassalarida ta'lim sifatini yanada oshirish bo’yicha muttasadi idoralar bilan xamkorlikda jamoatchilik eshituvi va muxokamalarini tashkil etish.


Tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:

1. Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati;

2. Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi jamoat fondining telegramdagi “https://t.me/UzNNT_Fargona_viloyat” guruhiga joylashtirilgan talablar shaklida to’ldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza;

3. Oxirgi o’zgartirish va qo’shimchalar bilan davlat ro’yxatidan o’tgan NNTlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari Ustavi (Nizomi) nusxasi;

4. Tashkilotning davlat ro’yxatidan o’tganligi to’g’risidagi guvohnoma nusxasi;

5. Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nushasi;

6. Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiya hamda qo’llab-quvvatlash xatlari;

7. Tashkilotni hududiy Davlat soliq inspektsiyasidan qarzdor emasligi haqida ma'lumotnoma.

Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori – 50 mln  so’mgacha.

Hujjatlarni qabul qilish 2023 yil 7 noyabrdan 7 dekabrgacha (shanba va yakshanba kunlaridan tashqari) har kuni soat 9:00 dan 16:00 gacha qabul qilinadi.

Tanlov bo’yicha hujjatlar muhrlangan konvertda (A4 format): Fargona shahri B.Marg’iloniy ko’chasi 105-uy manzilidagi Nodavlat notijorat tashkilotlari uyining 1-qavatida joylashgan Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash jamoat fondi nomiga yuborilishi so’raladi.

Ma'lumot uchun tel: 93-732-77-87, 99-607-75-00



 



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram