Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
DAVLAT IJTIMOIY BUYURTMASI TANLOVI E'LON QILINADI
2023-11-09 15:59:04 2755
Xalq deputatlari Farg’ona viloyat Kengashi huzuridagi jamoat fondi 2023 yilda NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari o’rtasida muhim ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirishga davlat ijtimoiy buyurtmalarini taqdim etish uchun tanlov e'lon qiladi:
1. Farg’ona viloyati Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi- xududlarda aholining keng qatlamlarini jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlariga jalb qilishga hamda sog’lom turmush tarziga rioya etishga, jismonan sog’lom o’sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashga, sport industriyasi va infratuzilmasini rivojlantirishga, mamlakat va mintaqaning xalqaro sport maydonlarida erishgan sport yutuqlarini ommalashtirish va keng e'trof etishga yo’naltirilgan faoliyatini amalga oshirish. Shuningdek Esklav xududlarda uyushmagan yoshlarni sportga jalb qilish, bo’sh vaqtini samarali o’tkazish va sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish maqsadida viloyatimizning anklav hududlaridan biri hisoblangan Farg’ona tumanining “Yordon” qishlog’ida istiqomat qiluvchi uyushmagan yoshlar uchun “Yordon” MFY xududida sport (mini futbol) maydonini qurish. Buyurtmanomaga 200 million so’m mablag’ ajratiladi.
2. Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi Farg’ona viloyati hududiy boshqarmasi - O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi PF-5812 sonli Farmoni ijrosi hamda professional ta'lim sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovtsion loyihalar joriy etish, professional ta'limi muassalarining moddiy-texnika bazasi mustahkamlash.
Shuningdek o’quv-tarbiya jarayoniga o’qitishning zamonaviy ilg’or shakllarini, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini, ma'naviy-ma'rifiy tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish maqsadida, Farg’ona viloyatidagi kasb-hunar maktablarida fizika, kimyo-biologiya laboratoriya xonalaridagi moddiy o’quv-texnik bazasini yangilash hamda 32 dona interaktiv doska bilan ta'minlash. Buyurtmanomaga 220 million so’m mablag’ ajratiladi.
Hujjatlarni qabul qilish 2023 yil 7 noyabr kunidan 7 dekabr kunigacha (shanba va yakshanba kunlaridan tashqari) har kuni soat 9:00 dan 16:00 gacha qabul qilinadi.
Ma'lumot uchun telefon: 93 732-77-87, 99 002-75-00
Tanlovda qatnashish uchun taqdim etiladigan hujjatlar hamda tanlovning boshqa shartlari bilan batafsil tanishish https://fergana.uz/uploads/chorak-pdflar/davbuytan.pdf
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram