Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONADA “YIL AYOLI” MILLIY TANLOVI G’OLIBLARI ANIQLANDI
2023-11-09 20:54:51 2841
Bugun Farg’ona shahrida “Yil ayoli” milliy tanlovining viloyat bosqichi bo’lib o’tdi. Unda viloyat hokimining o’rinbosari – viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig’i Komila Kavlonova ishtirok etdi.
Toshkent axborot texnologiyalari instituti Farg’ona filiali yig’ilishlar zalida tashkil etilgan tadbirda tanlovning 19 ta shahar-tuman bosqichlarida jami 971 nafar ishtirokchi o’rtasida g’oliblikni qo’lga kiritgan 156 nafar iqtidorli ayollar bellashdilar.
Ushbu tadbir viloyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga munosib hissasini qo’shib kelayotgan, yuksak ma'naviyatli, oila va farzand tarbiyasida ibrat bo’lish bilan birga o’zi faoliyat ko’rsatayotgan tashkilot nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari bo’lgan ayollarni qo’llab-quvvatlash, rag’batlantirish, munosib taqdirlash hamda bu boradagi ilg’or tajribalarni ommalashtirish maqsadida tashkillandi.
Tanlovda hakamlar hay'ati a'zolari va ekspertlar tomonidan «Yilning eng vatanparvar ayoli», «Yilning eng faol olima ayoli», «Yilning eng ilg’or tadbirkor ayoli», «Yilning eng yaxshi ijodkor ayoli», «O’z kasbining ustasi bo’lgan yil ayoli», «Yilning eng kuchli ma'naviy-ma'rifiy targ’ibotchisi», «Yilning eng yaxshi uy bekasi», «Yilning eng jonkuyar ustozi», «Yilning eng faol sog’lom turmush tarzi targ’ibotchisi», «Yilning eng yangi g’oyalar tashabbuskori», «Yilning eng yaxshi IT — dasturchi ayoli» – jami 11 ta nominatsiyalar bo’yicha tanlov nizomda belgilangan shartlar asosida g’oliblar aniqlandi va ular tanlovning respublika bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdilar.
Ma'lumot o’rnida: Nizomga ko’ra, tanlovning respublika bosqichida oliy o’rin - Gran prini qo’lga kiritgan ishtirokchi oliy darajadagi diplom, statuetka va Prezident sovg’asi - avtomobil bilan taqdirlanadi. 1- 2- va 3-o’rin egalariga ham diplomlar va belgilangan miqdordagi pul mukofotlari topshiriladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram