Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 126 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA XITOYLIK TADBIRKORLARNI QO’LLAB-QUVVATLASH MARKAZI ISH BOSHLADI

×

 2023-11-10 21:16:28    1805

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona shahridagi “Tadbirkorlar uyi”da Xitoylik tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash markazi ish boshladi. Markazni ochilish tadbirida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari, xitoylik investorlar va tadbirkorlar, viloyat iqtisodiy-investitsion sohasi mutasaddilari ishtirok etdilar. 

Viloyatimizda investitsiya muhitini yanada takomillashtirish, xorijiy investorlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, davlat xizmatlari olishlarini qulaylashtirish, investorlarga faoliyatining huquqiy, iqtisodiy va boshqa masalalari bo’yicha maslahatlar berish hamda ularga yuzaga keladigan masalalarni hal etishda zarur yordam va tezkor ko’mak ko’rsatish maqsadida Farg’ona viloyatiga investitsiya kiritish bo’yicha yetakchi davlatlarning tadbirkorlari uchun alohida qo’llab-quvvatlash markazlari tashkil etishga kirishilgan bo’lib, bunday markazlarning birinchisi xitoylik tadbirkorlar uchun ish boshladi. 

Ochilish tadbirida so’z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, xorijiy davlatlar hududlari bilan to’g’ridan to’g’ri iqtisodiy hamkorlik aloqalari keng ko’lamda rivojlanib borayotgan Farg’ona viloyatida bugungi kunda 160 ga yaqin Xitoy investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar faoliyat olib borayotganini, viloyat iqtisodiyotiga investitsiyalar kiritish bo’yicha Xitoy yetakchilik qilayotganini, o’tgan 2022 yilda 375,1 mln. dollar, joriy 2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida 333,6 mln. dollarga teng Xitoy sarmoyasi jalb etilganini, hozirgi kunda umumiy hajmi 1,5 mlrd. dollarga teng bo’lgan 60 ga yaqin loyihani amalga oshirish ustida ish olib borilayotganini ta'kidladi. 

Tadbir davomida mamlakatlarimiz rahbarlarining muntazam uchrashuvlari va siyosiy irodasi O’zbekiston-Xitoy har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini sifat jihatidan yangi bosqichga ko’targani, mamlakatlarimiz o’rtasida barcha sohalardagi aloqalar izchil rivojlanayotgani alohida qayd etildi.

Xitoylik tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash markazida xitoy tilini biladigan mutaxassislar doimiy ish olib boradi. “Tadbirkorlar uyi”da joylashgan kommunal xizmat ko’rsatish tizimi tashkilotlari, davlat xizmatlari, Markaziy bank, kadastr idorasi va boshqa qator tashkilotlarning vakillari investorlarga tezkor va zaruriy yordam ko’rsatadi. Markaz faoliyatiga viloyat hokimining Farg’ona va Xitoy o’rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalari bo’yicha maslahatchisi Otaxon Xayrullayev rahbarlik qiladi.

Xitoylik investorlar mamlakatimizda xorijlik tadbirkorlar uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlardan o’z mamnuniyatlarini qayd etib, Farg’onada tashkil etilgan Xitoylik tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash markazi o’zaro aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishiga ishonch bildirishdi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram