Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 105 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


XITOY KOMPANIYALARI BILAN HAMKORLIKDA FARG’ONADA “AQLLI SHAHAR” TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH REJALASHTIRILMOQDA

×

 2023-11-10 22:09:46    2411

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Xitoyning Chengdu Shiny Technology hamda Zhiyuanhui Information Technology kompaniyalari vakillarini qabul qildi. Uchrashuvda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i Azizbek Ikramov ham ishtirok etdi.

Uchrashuvda Farg’onada “Aqlli shahar” texnologiyalarini joriy etish bo’yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi. 

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg’ona viloyati delegatsiyasining joriy yil sentyabr oyida Xitoyga amaliy tashrifi davomida Chendu shahrida Zhiyuanhui Information Technology kompaniyasi rahbarlari bilan muzokaralar o’tkazilib, ushbu loyiha bo’yicha dastlabki kelishuvga erishilgandi.

“Aqlli transport”, “aqlli energetika tizimi”, “aqlli suv va gaz ta'minoti” va boshqa ko’plab yo’nalishlarni o’z ichiga oladigan ushbu loyihaning joriy qilinishi yagona raqamli muhitni shakllantirish orqali hududlarni boshqarish samaradorligini oshiradi, bir butun holatda boshqarishga imkoniyat yaratadi. Barcha kommunal tizimlarning “aqlli texnologiyalar”ga birlashtirilishi xizmatlar sifatida yanada oshishini ta'minlaydi.

Xitoy delegatsiyasi vakillari viloyatimizdagi qator tegishli tashkilotlarda bo’lib, uchrashuvlar o’tkazadilar, ushbu uchrashuvlar yakunlari bo’yicha loyihaning texnik shartlarini ishlab chiqish va amaliy bosqichga o’tish rejalashtirilgan.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram