Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 71 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI XAYRULLO BOZOROV FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI FAOLIYATI BILAN TANISHDI

×

 2023-11-10 22:58:45    2274

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bugun Farg’ona politexnika institutida bo’lib, ta'lim jarayonlari, ilmiy-innovatsion ishlanmalar, amalga oshirilayotgan loyihalar, oliygohni rivojlantirishning ustuvor strategik yo’nalishlari bilan tanishdi, professor-o’qituvchilar bilan suhbatlashdi, talabalar bilan uchrashuv o’tkazdi.

Dastlab, viloyat hokimi ilmiy tadqiqotlarni amaliyotga tadbiq etish maqsadida institut qoshida yangi tashkil etilgan “Sanoat va iqtisodni rivojlantirish” markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Viloyat hokimi, mazkur markaz faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi, Statistika boshqarmasi hamda Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasiga o’zaro hamkorlikda ish tashkil etish yuzasidan ko’rsatma berdi.

Viloyat rahbari, “Career Development Project” loyihasi doirasida FarPI tomonidan Yaponiyaning “Willtec” kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan va o’z faoliyatini boshlagan Yapon tili va yapon texnologiyalarini o’rgatish markazi faoliyatini ham ko’zdan kechirdi. Institut bitiruvchilarining Yaponiyada o’z mutaxassisliklari bo’yicha faoliyat olib borish imkoniyatini taqdim etuvchi ushbu markaz, dastlabki bosqichda oliygohning kunduzgi va sirtqi bo’limlarda qurilish va arxitektura yo’nalishlarida ta'lim olayotgan talabalarni qamrab olgan. Xayrullo Bozorov, bu yerda faoliyat olib borayotgan yaponiyalik mutaxassislar hamda markaz talabalari bilan muloqot qildi.

Xayrullo Bozorov, Farg’ona Politexnika institutida ikki yil avval tashkil etilgan “Talabalarga xizmat ko’rsatish markazi” faoliyati bilan ham tanishdi. Ushbu markaz yetakchi xorijiy oliy ta'lim muassasalarining ilg’or tajribalari asosida ta'lim jarayonlarida o’qitishning kredit-modul tizimi bo’yicha talabalarga 55 turdagi ta'lim xizmatlarini ko’rsatib kelmoqda. Talabalar o’quv jarayoni bilan bog’liq bo’lmagan barcha masalalar bo’yicha ushbu markazga murojaat qiladilar va tezkor yechim taqdim etiladi. Qolaversa, bu ta'lim jarayonida korruptsiyaning oldini olishga ham yordam beradi. FarPIning ushbu innovatsion tizimi, bugungi kunda Respublikaning barcha oliygohlarida tadbiq etishga kirishilmoqda. 

Viloyat hokimiga Farg’ona politexnika institutining ilmiy-innovatsion loyihalari, xalqaro hamkorlik aloqalari, 2030 yilgacha rivojlantirishning ustuvor strategik yo’nalishlari taqdimot qilindi. Farg’ona politexnika instituti o’tgan hafta dunyoning nufuzli tashkilotlaridan biri – QS reyting agentligi tomonidan e'lon qilingan Osiyo universitetlarining 2024 yil uchun reytingida TOP-1000 talikdan o’rin olgani, 2022 yilda esa respublika OTMlari umumiy reytingida 5-pog’onani qayd etgani e'tirof etildi. Oliygohda “ilg’or muhandislik maktabi” tashkil etish jarayonlarining borishi haqida, Italiyadagi Turin politexnika instituti hamda Rossiyadagi Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti bilan hamkorlik yuzasidan ma'lumot berildi.

Institut talabalari bilan o’tkazilgan “Hokim va yoshlar” uchrashuvi ochiq va samimiy muloqot tarzida o’tdi. Talaba-yoshlarning fikr-mulohazalari, takliflari viloyat hokimi tomonidan alohida e'tibor bilan qabul qilindi. Uchrashuv yakunida viloyat hokimi talabalarga ilmga intilish, o’z ustida ishlash, milliy qadriyatlarni e'zozlash, salbiy xususiyatlardan saqlanish yuzasidan o’z fikrlarini bildirdi.

Viloyat hokimi, oliygohda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tashkil etilgan ko’chat ekish marosimida ham ishtirok etdi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram