Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 177 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI DOIRASIDA VILOYATIMIZDA TASHKIL ETILGAN “YOSHLAR BOG’I”DA DARAXT EKISH TADBIRI BO’LIB O’TDI

×

 2023-11-11 20:57:48    1449

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyatimiz yoshlari tashabbusi bilan Farg’ona tumanining Mindonobod MFY hududidagi bo’sh yotgan maydonda tashkil etilgan “Yoshlar bog’i”da bo’lib o’tgan daraxt ekish tadbirida ishtirok etdi. Tadbirda viloyat sektorlari rahbarlari, boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, ming nafarga yaqin yoshlar qatnashdilar.

Bugungi tadbirda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi tashabbusi bilan barpo etilayotgan ushbu bog’ning dastlabki ikki gektariga 1000 tupdan ziyod qayrag’och, katalpa, yasen, klyon, chinor, akatsiya, kashtan va eman kabi manzarali daraxtlar o’tqazildi. Kelgusida bog’ hududi 10 gektargacha kengaytirilishi ko’zda tutilgan.

Tadbirda so’z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, yurtni sevish, ona tabiatni asrash, daraxt ekib bog’ yaratish kabi milliy qadriyatlarimizni yoshlarga singdirish hozirda ustuvor vazifa ekanini qayd etib, bugungi bog’ni tashkil etish tashabbusi aynan yoshlarga oidligi, yoshlarni tarbiyalashda to’g’ri yo’lda ekanimizning dalolati ekanini ta'kidladi.

Ushbu tashabbusni viloyat bo’yicha keng yoyish lozimligiga e'tibor qaratgan viloyat hokimi, har bir shahar va tumanda, har bir mahallada yoshlar tomonidan ko’chat ekishni ommalashtirish, hududlarda bo’sh turgan har qanday o’lchamdagi maydonlarni yashil makonga aylantirish yuzasidan ko’rsatmalar berdi.

Viloyat hokimi, yoshlar bilan birga daraxt ekish jarayonlarida ishtirok etdi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram