
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
VILOYAT HOKIMI FARG’ONA TUMANIDA YO’L CHETLARINI OBODONLASHTIRISH VA KO’KALAMZORLASHTIRISH ISHLARI HOLATINI O’RGANDI

2023-11-11 21:27:35 1233
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, bugun viloyat sektorlari rahbarlari bilan Farg’ona tumanida bo’lib, asosiy yo’llar chetlarini obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlari holati bo’yicha o’rganish olib bordi.
O’rganish davomida yo’llar chetlarida daraxt ekilmagan maydonlar mavjudligi, chiqindilarni olib chiqish ketish yaxshi yo’lga qo’yilmaganligi, sug’orish tizimlari tartibli tashkil etilmaganligi, binolar fasadlarida ta'mirtalab holatlar uzoq yillar davomida qurilishi yakunlanmayotgan ob'ektlar borligi ko’zga tashlandi. Shuningdek, yo’l chetlarida noqonuniy qurilmalar, tartibsiz joylashtirilgan «reklama peshlavhalari» mavjudligi viloyat rahbari tomonidan tanqid qilindi.
Ko’rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tuman rahbarlariga aniq vazifalar va topshiriqlar yuklatildi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram