Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONA SHAHRIDA OBODONLASHTIRISH VA KO’KALAMZORLASHTIRISH ISHLARI HAMDA SHAHAR TOZALIGI HOLATI O’TA QONIQARSIZ BAHOLANDI. SHAHAR HOKIMI VA SEKTORLARI RAHBARLARI QAT'IY OGOHLANTIRILDI
2023-11-11 22:25:57 1385
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, bugun viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga Farg’ona shahri hududida obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlarining tashkil etilishi, shahar tozaligi holati bo’yicha o’rganish olib bordi.
O’rganish davomida shahar ko’chalarida, ayniqsa markaziy hisoblangan al-Farg’oniy ko’chasida daraxt ekish va ko’kalamzorlashtirish ishlari yetarli tashkil etilmaganligi, ko’p joylarda piyodalar yo’lakchalari va yo’l chetidagi bordyurlar ta'mirtalab holatga kelib qolganligi, lotoklar chiqindilar bilan to’lganligi, mavjud sug’orish tizimlari e'tiborsizlik tufayli yaroqsiz holatga kelib qolgani, ba'zi joylarda ko’p yillik manzarali daraxtlarning qurib qolish holatlari mavjudligi ko’zga tashlandi.
Xayrullo Bozorov, o’rganish jarayonida shuningdek, hududlardagi atrof-muhit tozaligiga e'tiborsizlikka, chiqindilarning sochilib yotganiga, turar-joylar atrofida obodonlashtirish ishlarining umuman yo’lga qo’yilmaganiga, noqonuniy qurilmalar mavjudligiga alohida tanqidiy e'tibor qaratdi.
Avval berilgan topshiriqlarga qaramay, ba'zi avtobus bekatlarida yo’lovchilar uchun sharoitlar yaratish ta'minlanmagani, ular uchun ajratilgan qismdan omborxona, mijozlar xonasi hamda savdo shaxobchasi sifatida foydalanilishga davom etilayotgani tanqid qilindi.
Viloyat hokimi tomonidan shahar hokimi va sektorlari rahbarlari ma'sul viloyat tashkilotlari rahbarlari qat'iy ogohlantirildi. Ko’rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish, shaharni tizimli shaklda obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish bo’yicha shtab tashkil etgan holda ish olib borish vazifasi yuklatildi, aniq muddatlar belgilandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram