Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONADA TIBBIYOT XODIMLARI KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TADBIRI BO’LIB O’TDI
2023-11-11 23:08:05 4516
Bugun Farg’ona shahridagi Islom Karimov nomidagi teatr-kontsert saroyida Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan tantanali viloyat bayram tadbiri bo’lib o’tdi. Unda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari, viloyatimizning barcha hududlaridan tibbiyot xodimlari, sog’liqni saqlash sohasi rahbarlari va mas'ul xodimlari, faxriylar ishtirok etdilar.
Tadbirda so’z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, dastlab O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston sog’liqni saqlash sohasi xodimlariga yo’llagan tabrigini o’qib eshittirdi.
Bemorlar dardiga shifo bo’lish, xalqimiz salomatligini har tomonlama himoya qilishdek sharafli yo’lda o’zlarini ayamasdan fidokorona mehnat qilayotgan soha xodimlarini kasb bayramlari bilan qutlagan viloyat hokimi, so’nggi yillarda viloyatimizda bu sohaning jadal rivojlanib borayotgani, erishilayotgan natijalar va yangi marralar haqida to’xtalib o’tdi.
Xususan, 30 dan ortiq yuqori texnologik operatsiya turlari amaliyotga tadbiq etilishi natijasida o’tgan 10 oy davomida 3600 dan ortiq fuqarolarga yuqori texnologik tibbiy yordam ko’rsatishga erishilganini mamnuniyat bilan qayd etgan viloyat rahbari, davlat tibbiyot muassasalari bilan bir qatorda xususiy tibbiyot ham jadal rivojlanib borayotganini, joriy yilning o’zida 48 ta yangi xususiy tibbiyot muassasasi tashkil etilganini ma'lum qildi.
Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan kuni kecha e'lon qilingan Prezident Farmoniga ko’ra, davlatimizning yuksak orden va medallari bilan mukofotlangan uch nafar viloyatimiz tibbiyot sohasiga vakillariga mukofotlar tantanali tarzda topshirildi.
Tadbirda viloyat ijtimoiy hayotida faollik va tashabbuskorlik ko’rsatgan, o’zining samarali mehnati bilan viloyatimizda aholi salomatligini muhofaza qilishga, sog’lom turmush tarzi tamoyillarini keng joriy etishga va tibbiy madaniyatni oshirishga salmoqli hissa qo’shib kelayotgan tibbiyot sohasi xodimlarining katta guruhi viloyat hokimining Faxriy yorlig’i, tashakkurnomasi va sovg’alari bilan taqdirlandilar. O’z hayotini insonning sog’lig’i va hayoti to’g’risida g’amxo’rlik qilishga bag’ishlagan tibbiyot xodimlaridan yana bir guruhi “O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash a'lochisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlandilar.
Bugungi tadbir davomida shuningdek viloyatdagi barcha shahar va tumanlar Tez tibbiy yordam brigadalariga yangi Caddy Volkswagen zamonaviy avtotransport vositalari topshirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram