Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 74 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


O’ZBEKISTON TUMANIDA YANGIDAN TASHKIL ETILGAN QISHLOQ XO’JALIGI MAHSULOTLARINI QAYTA ISHLASH KORXONASIDA 500 DAN ZIYOD ISH O’RNI YARATILDI

×

 2023-11-13 11:02:34    1712

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari, shahar va tumanlar hokimlari va sektorlari rahbarlari bilan birgalikda O’zbekiston tumanida bo’lib, tumanda amalga oshirilayotgan yangi tadbirkorlik loyihalari, barpo etilgan ijtimoiy ob'ektlar, mahallalarda aholi bandligini ta'minlash bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar, bunyodkorlik va obodonlashtirish bilan tanishdi.

Dastlab,qishloq xo’jaligi mahsulotlarini quritish, qayta ishlash va qadoqlashga ixtisoslashgan “Yahyohon Trade 2020”oilaviy korxonasi faoliyati ko’zdan kechirildi.

Ko’p yildan buyon tadbirkorlik bilan shug’ullanib kelayotgan Ilhomjon Mamatqulov rahbarligidagi ushbu korxona o’tgan yili yangidan tashkil etilib, uning faoliyati yanada kengaydi. 

5 gektar maydonni egallagan yangi loyihaning qiymati 4,5 mln AQSh dollarini tashkil etib, 200 nafar doimiy hamda 300 nafar mavsumiy ishchilarni band etish imkoniyati yaratildi. Korxona yiliga qiymati qariyb 80 mlrd.so’mlik 10 ming tonna qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash quvvatiga ega.

Korxonada joriy yilning o’tgan davri mobaynida 3,7 million AQSh dollariga teng bo’lgan 10 ming tonnadan ziyod quritilgan meva-sabzavot hamda qishloq xo’jaligi mahsulotlarini MDH va YEvropa davlatlariga eksportga yo’naltirdi.

Viloyat rahbari boshchiligidagi mutasaddilar yangi majmuaning imkoniyatlari, modernizatsiyalangan uskunalar, bu yerda band bo’lgan qishloq ayollarining faoliyati va ular uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Meva va sabzavot yetishtirishda respublikada yetakchi bo’lgan viloyatimizning boshqa shahar va tumanlarida ham bunday loyihalarni joylashtirish uchun imkoniyat va salohiyat yetarli ekanini, bundan samarali foydalanish lozimligini ta'kidlagan Xayrullo Bozorov, mutasaddilarga bu borada O’zbekiston tumanidagi korxona namunasida tizimli ish tashkil etish bo’yicha ko’rsatmalar berdi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram