Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 56 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


O’ZBEKISTON TUMANIDA ZAMONAVIY MEHMONXONA BARPO ETILDI

×

 2023-11-13 11:37:38    1694

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari, shahar va tumanlar hokimlari va sektorlari rahbarlari bilan birgalikda O’zbekiston tumanidagi o’rganishlari jarayonida tumanning Konizor mavzesida barpo etilgan, ishga tushish arafasida bo’lgan zamonaviy mehmonxona loyihasi bilan tanishdi.

“Madinah Travel 2022” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu loyihaning qiymati 6,9 mlrd so’mni tashkil etib, shundan 1 mlrd so’mi bank krediti, qolgan summa esa korxonaning aylanma mablag’lari hisobiga to’g’ri keladi.

Loyihaga ko’ra 70 o’ringa mo’ljallangan hamda 24 ta nomerdan iborat ushbu mehmonxonada, shuningdek, avtoturargoh, sport zal, bolalar maydonchasi, favvora, 70 kishilik konferents-zal va boshqa qulayliklar tashkil etilmoqda. 

Loyiha doirasida mehmonxonaning hovlisi sathida bu yerga tashrif buyuruvchilar uchun umumiy ovqatlanish majmuasi, landshaftli dizaynga ega bo’lgan dam olish maskani, ochiq osmon ostida kontsert-tomosha tadbirlari o’tkaziladigan maxsus maydon ham barpo etilmoqda.

Turizm ham iqtisodiy, ham ijtimoiy-madaniy ahamiyatga ega keng qamrovli soha ekanligini qayd etgan viloyat hokimi, viloyatimizdagi bu sohadagi mavjud salohiyatdan to’la foydalanish uchun muhim omil bo’lgan mehmonxonalarni ko’paytirish, zamonaviy turizm xizmatlari ko’lamini kengaytirish lozimligiga e'tibor qaratdi. Shahar va tumanlar hokimlariga joylarda mehmonxonalar va turistik majmualar bunyod etishni rejalashtirayotgan tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash, bunday loyihalarni amalga oshirishga har tomonlama ko’maklashish bo’yicha ko’rsatmalar berildi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram