Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 128 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI DOIRASIDA O’ZBEKISTON TUMANI HOKIMLIGI OLDIDA “VILOYAT, SHAHAR VA TUMANLAR SEKTOR RAHBARLARINING BOG’I” TASHKIL ETILDI

×

 2023-11-13 11:53:29    5288

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari, shahar va tumanlar hokimlari va sektorlari rahbarlari hamrohligida O’zbekiston tumanida ijtimoiy-iqtisodiy sohalalarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish jarayonida tuman hokimligida ham bo’ldi. 

Yaqinda mukammal ta'mirlangan hokimlik binosi, unda ishchi-xodimlar uchun yaratilgan munosib sharoitlar ko’zdan kechirildi. 

Shuningdek, hokimlik binosi yonida yengil konstruktsiyali loyiha asosida bunyod etilgan axborot kutubxona markazi faoliyati bilan tanishildi. Qayd etilishicha, kutubxona ayni paytda 36 mingdan ziyod badiiy, ijtimoiy-siyosiy, o’zbek va jahon adabiyoti hamda bolalar uchun turli xil kitoblardan iborat adabiyotlar bilan ta'minlangan. Yigirmaga yaqin mutaxassislar faoliyat olib borayotgan ziyo maskanida 1500 dan ziyod adabiyotlarning elektron nushasi ham shakllantirilgan.

Jarayonlar davomida hokimlik tashqi hovlisida viloyat, shahar va tumanlar sektor rahbarlari ishtirokida daraxt ekish tadbiri bo’lib o’tdi. Har bir sektor rahbarlari ona yer bag’riga ezgu niyat bilan manzarali ko’chatlar o’tqazishdi.

O’zbekiston tumani hokimi tomonidan ichki imkoniyatlardan to’g’ri va samarali foydalanilishi natijasida amalga oshirilgan ishlarni yuqori baholagan viloyat rahbari, har bir shahar va tuman hokimi o’z hududida obodonlashtirish ishlarini ko’lamini kengaytirish, kutubxonalarni ko’paytirish va mavjudlarining kitob fondini boyitish bo’yicha ko’rsatmalar berdi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram