Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 63 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


YAYPANDA 158 TA XONADONGA MO’LJALLANGAN KO’P QAVATLI TURAR-JOY MAJMUASI QAD ROSTLADI

×

 2023-11-13 12:38:33    1484

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari, shahar va tumanlar hokimlari va sektorlari rahbarlari bilan birga O’zbekiston tumanida qurilish-bunyodkorlik ishlarining borishi bilan ham tanishib, tuman markazidagi 158 ta xonadonga mo’ljallangan ko’p qavatli turar-joy majmuasini ko’zdan kechirdi, yangi xonadonlar egalari bilan muloqot qildi.

Yaypan shahar markazida qad ko’targan 5 va 7 qavatdan iborat, 158 xonadonga mo’ljallangan yangi ko’p qavatli uy-joylar eski bino-inshootlar o’rnida tumandagi “Yaypan Elit House” mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan renovatsiya doirasida barpo etildi. 

Turar joy majmuasida bu yerda istiqomat qiluvchi yoshu-qariga birdek munosib yaratishga e'tibor qaratildi. Xususan, maskanda bolalar maydonchasi, yashil makonlar tashkillandi, turar joy binolarining birinchi qavatida savdo va maishiy xizmat shahobchalarini ishga tushirish tadbirlari olib borilmoqda. 

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, aholi uchun yashash sharoitlarini yaxshilash ustuvor vazifa ekanini qayd etib, hokimlarga qisqa muddatda har bir shahar va tumanda renovatsiya jarayonlarini keng tashkil etish, eski va ma'nan eskirgan binolar o’rniga zamonaviy, rivojlangan infratuzilmaga ega ko’p qavatli turar-joy barpo etish uchun tadbirkorlik sub'ektlarini jalb etish bo’yicha hududiy dastur ishlab chiqish vazifasini yukladi.

Shu joyning o’zida 2021-2023 yillar davomida tuman mahallalarida manzilli dasturlar asosida amalga oshirilgan bunyodkorlik-obodonlashtirish ishlari hamda ayni yo’nalishda kelgusidagi rejalar haqida tuman hokimi tomonidan taqdimot o’tkazildi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram