Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 57 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


XAYRULLO BOZOROV: “NURONIYLAR DOIMO E'ZOZ VA ARDOG’IMIZDA BO’LISHI LOZIM!”

×

 2023-11-13 14:33:51    1518

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari, shahar va tumanlar hokimlari hamda sektorlari rahbarlari bilan birgalikda O’zbekiston tumani markazida yangidan foydalanishga topshirilgan “Nuroniylar maskani”da bo’lib, keksalar bilan uchrashdi. 

1980-yillarda barpo etilib, so’nggi vaqtlarda ta'mirtalab ahvolga kelib qolgan maskan shu yili tuman hokimligi say'-harakati hamda “Tashabbusli byudjet” dasturi doirasida mukammal ta'mirlanib, Xotira va qadrlash kuni arafasida foydalanishga topshirildi. Maskanda piru-badavlatlarning mazmunli dam olib, vaqtlarini xush kayfiyatda o’tkazishlari uchun barcha qulayliklar yaratildi.

Viloyat rahbari Prezidentimizning 2016 yil 28 dekabrdagi “O’zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg’armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni keksa avlodga munosib hurmat-ehtirom ko’rsatish, ularning manfaatlarini himoya qilish, turmush sharoitlarini yanada yaxshilashda muhim dasturilamal bo’lib xizmat qilayotganini ta'kidladi. Ayni farmon ijrosi doirasida O’zbekiston tumanidagi mana shu maskan misolida viloyatning qolgan barcha shahar va tumanlarida ham keksalar uchun qulay sharoitlar yaratish, “Nuroniy” jamg’armasi bo’limlari uchun binolar qurish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, transport bilan ta'minlash borasida shahar va tumanlar hokimlariga aniq vazifalar yuklatildi. 

“Ayni paytda katta hayotiy tajribaga ega faxriylarimiz viloyatimizning turli jabhalarida, ijtimoiy hayotida, ayniqsa, yoshlar tarbiyasida faol ishtirok etmoqda. Barcha tuman va shaharlarimizda tashkil etiladigan bunday maskanlar esa bu borada ular imkoniyatlaridan samarali foydalanishda xizmat qiladi, albatta”, deya ta'kidladi Xayrullo Bozorov.

Shu kuni tuman nuroniylarini yanada e'zozlash maqsadida tashkillangan turli loyihalar barchani mamnun etdi. “Osh tanlovi”da palov pishirgan oqsoqollarning barchalariga esa esdalik sovg’alari topshirildi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram